» » Samarqanddagi Ishtixon bozori qayta quriladi

Samarqanddagi Ishtixon bozori qayta quriladi


Zarnews Samarqanddagi abgor holga kelgan “Ishtixon dehqon bozori” haqida maqola chop edi. Ma’lum bo‘lishicha, bozor yo‘l yoqasiga ko‘chirilgan.

Samarqandliklar bozor ko‘chirilib, uning o‘rnida ko‘p qavatli uylar qurilib, tadbirkorlarga sotiladi, degan fikrda.

“Mahalliy aholining aytishicha, dastlab bir kunda bozordagi barcha tadbirkorlar tuman tashqarisidagi sharoiti haminqadar bozorchaga ko‘chirilgan. Ammo sharoit yoqmaganmi yoki xaridor kamayib ketishidan qo‘rqishganmi, savdogarlar bozorchadan qaytib kelib, tuman markazidagi ko‘chada savdo-sotiq ishlarini boshlab yuborishgan”, — deyiladi xabarda.

Tuman hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Sherzod Ibragimov bu masalaga oydindik kiritdi. Uning aytishicha, “Ishtixon dehqon bozori” ko‘chirilmaydi, balki zamon talablariga mos ravivshda qayta quriladi.

“Hozirda bozor rastalari orasidagi yo‘laklar, bozor ma’muriyatiga tegishli binolar hokimlik va bozor ma’muriyati tomonidan ajratilgan mablag‘ hisobiga ta’mirlanmoqda. Shuningdek, chiqindixona, zamonaviy hojatxonalar ham qurilmoqda. Bozor ichidagi do‘konlar, rastalar esa foydalanuvchi tadbirkorlar tomonidan obodonlashtirilmoqda. Yaqin kunlarda barcha qulayliklarga ega, zamonaviy, ko‘rkam ‘Ishtixon dehqon bozori’ o‘z egalariga topshiriladi. ‘Toza hudud’ kompaniyasi tomonidan chiqindilarning o‘z vaqtida olib ketilishi doimiy nazoratga olinadi”, — degan u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют