» » Shavkat Mirziyoyevning Talabalar shaharchasiga tashrifi, o‘zini yoqib yuborgan samarqandlik, qonunchilikdan chiqarib tashlangan “militsiya” so‘zi va kunning boshqa xabarlari

Shavkat Mirziyoyevning Talabalar shaharchasiga tashrifi, o‘zini yoqib yuborgan samarqandlik, qonunchilikdan chiqarib tashlangan “militsiya” so‘zi va kunning boshqa xabarlari


24-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni Toshkentdagi talabalar shaharchasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

So‘ng O‘zbekiston Milliy universitetida oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashdi.

Prezident joriy yil 1-sentabrdan barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan, ta’lim va ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi belgilashni taklif qildi.

Shu uchrashuvda Prezident O‘zMU talabasi Sardor Bozorboyevning ishtiyoqi, tashabbuskorligi va Vatan ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi uchun “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umirzoqovga u uchun avtomobil ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev talabaga loyihasini amalga oshirish uchun zarur mablag‘ni ajratish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

***

Samarqandda 33 yoshli erkak o‘ziga benzin quyib, yoqib yubordi.

Erkak o‘zining ustiga benzin quyib, yoqib yuborgan. Yaqin qarindoshlari unga birinchi yordamni ko‘rsatishga ulgurib qolgan va 33 yoshli fuqaroni Respublika shoshilinch yordam ilmiy-tadqiqot markazi Samarqand filialiga olib borgan.

***

Qonunchilikda “militsiya” so‘zi butunlay ishlatilmaydigan bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida “Militsiya xodimining” degan so‘zlar “Ichki ishlar organlari xodimining” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

***

Navoiyda attraksiondan yiqilib jarohat olgan aktyor Bahrom Yoqubovga qariyb 100 mln so‘m moddiy zarar undirib berildi.

Baxtsiz hodisa oqibatida Bahrom Yoqubovning qo‘li va oyog‘i singan, o‘ng yuzi faqatgina plastik jarrohlik yordamida tiklanishi mumkinligi aytilgan edi. Shuningdek, burni va jag‘iga yetgan shikast ko‘z kosasi sinishi hamda bir ko‘zidan ayrilishi bilan yakun topgan.

***

Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk — Perfectum savdoga qo‘yildi.

Ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan savdoda mazkur mulkning boshlang‘ich narxi 205 587 016 500 so‘m etib belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют