» » Venesuela muxolifati mamlakatning AQShdagi elchixonasi binosini egalladi (video)

Venesuela muxolifati mamlakatning AQShdagi elchixonasi binosini egalladi (video)


Venesuela muxolifati Xuan Guaydo tarafdorlari respublikaning Vashingtondagi elchixonasini o‘z nazorati ostiga oldi. Bu haqda muxolifatning AQShdagi vakili Karlos Vekko Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Elchixonamiz ozod. Diktaturaning kuni bitishiga oz qoldi”, — deb yozadi Vekko.

Ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan surat va videodan Vekko hamda uning tarafdorlari elchixona derazasidan “Ozod Venesuelaga sharaflar” yozuvli banner va mamlakat bayrog‘ini tushirib qo‘yganini ko‘rish mumkin.

Viva Venezuela libre desde nuestra Embajada. Se acerca el final de la dictadura. El cambio ya lleg? . pic.twitter.com/OG5zKB9ITb

— CARLOS VECCHIO (@carlosvecchio) May 24, 2019

Hozirda muxolifat vakillari Amerika harbiylarga qarshi faollar harakati — Code Pink tomonidan binoni ushlab turish vaqtida yetkazilgan zararlarni hisob-kitob qilmoqda.

“Ayni vaqtda Venesuelaning AQShdagi diplomatik missiyasiga tegishli barcha oltita ko‘chmas mulk obyektlari qaytarib olindi va ular himoya ostida”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Vashingtonda prezident Nikolas Maduroning tarafini olib Global Exchange hamda Code Pink tashkilotlarining faollari chiqish qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют