» » Buxoroda tomorqasida nasha yetishtirgan “yoshi bir joyga borib qolgan” fuqaro ozodlikdan mahrum qilindi

Buxoroda tomorqasida nasha yetishtirgan “yoshi bir joyga borib qolgan” fuqaro ozodlikdan mahrum qilindi


Buxoro shahrining Razzoq Hamroyev ko‘chasida yashovchi R.N. 2018-mart oyida uyining tomorqasi 1?1 kvadrat metr maydoniga, makkajo‘xori orasiga ikki tup kannabis (nasha) o‘simligini qonunga xilof ravishda ekib, o‘simliklarni 2018-yil oktabr oyiga qadar parvarishlab yetishtirib olgan.

R.N. kannabis barglarini quritib, maydalab, marixuana tayyorlab, uni Buxoroning Jo‘ybor ko‘chasidagi oziq-ovqat do‘koni oldida sotmoqchi bo‘lgan. 2018-yil 29-noyabr kuni Buxoro viloyati IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan yuborilgan “maxsus xaridor”ga 9,23 gramm marixuanani 800 ming so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Shu kuni uning uyidan uch dona gugurt qutichasi, gazeta bo‘laklari o‘rami va ikki dona polimer paketlarga alohida-alohida o‘rab joylashtirilgan, umumiy og‘irligi 112,29 gramm bo‘lgan marixuana topilgan. Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishlari bo‘yicha Shofirkon tuman sudida sud majlisi bo‘lib o‘tgan.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, “yoshi bir joyga borib qolsa-da, jinoyat yo‘liga kirgan” R.N. Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 273-moddasi 5-qismi (giyovandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan aybdor deb topilib, 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют