» » Samarqandda bir oilaning besh azosini oldirishda gumon qilinayotganlarning bari ozaro qarindosh, oilalari namunali va oziga toq

Samarqandda bir oilaning besh azosini oldirishda gumon qilinayotganlarning bari ozaro qarindosh, oilalari namunali va oziga toq


Samarqandda bir oilaning besh azosi oldirilishi bilan bogliq jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotganlarning bari ozaro qarindosh, ular bilan jabrlanuvchilar ortasida avvaldan nizo bolgan. Bu haqda Yoshlar press klubining 24-may kuni bolib otgan sessiyasida malum qilindi.

Eslatib otamiz, 15-may kuni Samarqandning Qoshrabot tumanidagi Boqichigatoy mahallasi hududidagi fermer xojaligida qoldirib ketilgan Damasning ichidan Ishtixon tumani Chimqorgon qishlogida yashagan bir oilaning besh nafar azosi jasadlari topilgan edi. Uch kun tun-u kun olib borilgan harakatlar natijasida ushbu qotillikni sodir etishda gumonlanib, tort kishi Ishtixon tumani Chimqorgon qishlogida yashovchi, 1981-yilda tugilgan T.G., 1995-yilda tugilgan E.Sh., 1993-yilda tugilgan U.J. va Qoshrabot tumanida yashovchi, 1996-yilda tugilgan N.X. ushlandi: ular 15-mayga otar kechasi jabrlanuvchilarning xonadoniga yashirincha kirib, besh kishini qasddan oldirgan, uydan 22 million som pul va Samsung Galaxy S8 telefonini olgan.

Gumonlanuvchilarning xonadoni ushbu hodisaga qadar Yoshlar kelajaggimiz davlat dasturi asosida organilganida, ularning kredit olishga ehtiyoji yoqligi aniqlangan. Samarqand viloyati hokimi orinbosari Rustam Qobilovning aytishicha, ularning topish-tutishi budjetdan oylik oladiganlarnikidan bir necha marta katta, mazkur jinoyatning ildizi ishsizlikka emas, oiladagi nosoglom muhit, tarbiyadagi loqaydlik va befarqlikka borib taqaladi. Qayd etishlaricha, gumonlanuvchilarning uch nafari uzumchilik bilan shugullanib, yiliga ortacha 5055 million som daromad topgan.

Bu yerda ikkita masala bor. Birinchidan, gumonlanuvchilar va jabrlanuvchilarning oilalari ortasida avvaldan nizo bolgan. Ikkinchidan, gumondagi amakivachcha va xolavachchalar tezda boyib ketish niyatida jabrlanuvchilarning xonadoniga ogirlikka tushgan. Ular ozicha katta mablagni qolga kiritishni oylab, jinoyatga qol urishgan, deydi Qobilov.

Viloyat hokimi orinbosarining qoshimcha qilishicha, katta amakivachcha boshqalarning qolidan yetaklab, jinoyatga jalb qilgan. Qobilovning fikricha, buning bari oiladagi tarbiyaning xatoliklari bilan bogliq. Biz bundan xulosa chiqarib, reja qilib, kelgusida tizimli ishlaymiz. Bunda bizga, albatta, respublika huquqni muhofaza qiluvchi idoralari yordam beradi, dedi u.

Ishtixon tumani hokimi orinbosari Ahmatjon Hasanov jazo tiriklarga berilganini takidlab otdi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanayotgan yigitlarni onasining yuziga qarasangiz dunyo qorungu. Birining otasi tik turib gapira olmadi. Yana birining xotini ikki oylik bolasi bilan qolib ketdi, dedi u.

Hozirda joylarda jinoyatchilikka qarshi kurashda oilalarni notinch, hisobda turadigan va ichkilikka berilgan kabi yonalishlarga bolib harakat qilish amaliyoti joriy qilingan. Lekin Samarqanddagi voqea boyicha gumonlanuvchilarning oilalari ushbu salbiy yonalishlarning birortasiga togri kelmaydi.

Shunchalik ijobiy har birining uyida mashinasi bor, uzumi-toki bor. Birortasining kochada daydib yurishga vaqti yoq. Xatoimiz jinoyatchilikka qarshi yonalishlarga bolib kurash olib borganimiz. Jinoyatni har qanday odamdan kutish mumkinligini unutib qoygan ekanmiz, dedi Ishtixon tumani hokimi orinbosari.

Hasanovning qoshimcha qilishicha, oldirilgan oilaning farzandlari mahalladoshlariga Captiva va uy olamiz, deb gapirib yurgan. Haqiqatan ham pishgan gishtdan ikki qavatli uy kotargan. Qishloqda shu gap tarqab ketgan. Bular (jinoyatchilar tahr.) uyda pul bor, shuni olamiz, birdan boyib ketamiz, deb maqsad qilgan. Yoshlarning pul, mashina, oyin-kulgi qilib yurishga qiziqib qolganidan jinoyat kelib chiqdi, dedi u

Avvalroq Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov tort yigitning pul ilinjida besh kishining qotiligi aylanishini barchamiz uchun sharmandali holat deb baholagan edi. Buning ildizi avvalo odamlarning bir-biriga befarqligi, atrofda bolayotgan voqea-hodisalarga etiborsizligiga borib taqalmoqda. Sen menga tegma, menga senga tegmayman, degan qarash mana, nima oqibatga olib keldi, degan edi viloyat hokimi.

Takidlanishicha, Ishtixon tumanida 248 ming nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 146 769 nafarini yoshlar tashkil etadi. Hozirda 284 nafar yoshlar kasb-hunarga oqitilayotgan bolsa, 49 nafari hunarmandchilikka jalb etilgan, 50 nafari esa kasanachilik boyicha faoliyat yuritmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (25-05-2019, 22:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -