» » Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari: “Ishtixondagi kabi mudhish qotilliklar takrorlanmasligiga va’da beraman”

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari: “Ishtixondagi kabi mudhish qotilliklar takrorlanmasligiga va’da beraman”


Samaraqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov Ishtixon tumanida yuz bergan bir oilaning besh a’zosi o‘ldirilishi kabi kabi jinoyatlar viloyatda qayta sodir etilmasligiga va’da berdi. U bu haqda 24-may kuni bo‘lib o‘tgan Yoshlar press klubining navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi.

15-may kuni Samarqandning Qo‘shrabot tumanidagi “Boqichig‘atoy” mahallasi hududidagi fermer xo‘jaligida qoldirib ketilgan Damas’ning ichidan Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashagan bir oilaning besh nafar a’zosi jasadlari topilgan edi. Uch kun tun-u kun olib borilgan harakatlar natijasida ushbu qotillikni sodir etishda gumonlanib, to‘rt kishi — Ishtixon tumani Chimqo‘rg‘on qishlog‘ida yashovchi, 1981-yilda tug‘ilgan T.G‘., 1995-yilda tug‘ilgan E.Sh., 1993-yilda tug‘ilgan U.J. va Qo‘shrabot tumanida yashovchi, 1996-yilda tug‘ilgan N.X. ushlandi.

Mavzuga doir: Samarqandda bir oilaning besh a’zosini o‘ldirishda gumon qilinayotganlarning bari — o‘zaro qarindosh, oilalari namunali va o‘ziga to‘q

Bosh prokuraturaning axborotiga ko‘ra, gumon qilinuvchilarning iqrorlik ko‘rsatuvlari, hodisa joyida o‘tkazilgan tekshirish-tergov harakatlari ular bu jinoyatni marhumlarning xonadonidan pul va boshqa qimmatli ashyolarni o‘g‘irlash niyatida amalga oshirganini ko‘rsatgan. Ular 15-mayga o‘tar kechasi xonadonga yashirincha kirib, oila a’zolarining uxlab yotganligidan foydalanib, o‘zlari bilan olib kelgan temir bo‘laklari bilan ularning bosh, yuz va jag‘ qismlariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib, xonadondan 22 million so‘m va Samsung Galaxy S8 telefonini olgan.

Yoshlar press-klubida chiqish qilgan Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ushbu qotillik jinoyatiga to‘xtalar ekan, jumladan, shunday dedi: “Samarqandda bu kabi jinoyatlar takrorlanmasligiga va’da beraman. Ko‘zimiz shunday ochildiki, peshonamiz devorga shunday urildiki, kelgusida bunday jinoyatlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak — bunga haqqimiz yo‘q”.

Uning ta’kidlashicha, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha barcha hududlar uchun universal usulni yaratib bo‘lmaydi. Masalan, Ishtixon tumanida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan harakatlar Bulung‘ur yoki Urgut tumaniga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

“Biz hududning mentaliteti, joylashuvi va aholisining o‘ziga xosligini hisobga olishimiz kerak. Shunga amin bo‘ldimki, keyingi faoliyatimizda faqat forma kiyib yuradigan xodimlarninggina emas, faol yoshlarimizning ham yordamiga suyanishimiz lozim”, — deya qo‘shimcha qildi viloyat hokimi o‘rinbosari.

Samarqand viloyati mahallalar kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sanjar Turdiyev jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilmasligi uchun xodimlar, qolaversa, komissiya a’zolari bilan kecha-yu kunduz mehnat faoliyatini davom ettirishlarini ta’kidladi.

Sessiyada ma’lum qilinishicha, Ishtixon tumanida ishsiz yoshlar soni 3 520 nafarni tashkil etadi. Shuningdek, 341 nafar yoshlar o‘qish va ishlash maqsadida xorijga chiqib ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-05-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют