» » “Napoli” “Real”ning 90 mln yevrolik taklifini rad etdi

“Napoli” “Real”ning 90 mln yevrolik taklifini rad etdi


“Napoli” himoyachi Kalidu Kulibalini sotmoqchi emas.

Senegal terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi agenti Fali Ramadani neapolliklarga “Real” 90 million yevrolik taklif bilan chiqqani haqida xabar berdi.

Corriere dello Sport’ning xabar berishicha, “Napoli” prezidenti Aurelio de Laurentis madridliklarning taklifini rad etgan.

Futbolchiga “Real”dan tashqari PSJ klubi ham asosiy da’vogarlardan bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, Kulibali joriy mavsum A Seriyada 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 2 ta golga assistentlik qildi va 7 ta sariq kartochka ishlab oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют