» » Edin Jeko “Roma”ni tark etadigan bo‘ldi

Edin Jeko “Roma”ni tark etadigan bo‘ldi


“Roma” hujumchisi Edin Jeko “Inter” bilan transferini muhokama qildi, deb xabar berdi Sky Sports.

Ta’kidlanishicha, 33 yoshli bosniyalik Milan klubi bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Avvalroq “nerradzurilar” Jekoni 20 million yevro evaziga sotib olishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Jekoning rimliklar bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar amal qiladi. O‘yinchi “Roma”dan shartnoma muddatini uzaytirish borasida yangi taklif olgani yo‘q. Ma’lum bo‘lishicha, Rim klubi hujumchininig jamoani tark etishiga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, Jeko joriy mavsum A Seriyada 32 ta o‘yinda 9 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют