» » Superliga. “Paxtakor” OKMKni yirik hisobda yutdi, “Lokomotiv” safarda “Nasaf”dan ustun keldi

Superliga. “Paxtakor” OKMKni yirik hisobda yutdi, “Lokomotiv” safarda “Nasaf”dan ustun keldi


26-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-turi doirasida 3 ta uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi o‘z maydonida Andrey Fyodorov boshliq Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qildi.

O‘yindagi yagona gol 20-daqiqada “temiryo‘lchilar” hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov tomonidan kiritildi (1:0).

Shu tariqa “Lokomotiv” Qarshida kechgan bahsda “Nasaf”dan ustun keldi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng toshkentliklar ochkolari sonini 21 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Nasaf” esa 14 ochko bilan 5-pog‘onanai band qilib turibdi.

Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi “Buxoro”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvdagi ikkala gol ham mezbonlar hujumchisi Shohruz Norxonov (26, 63) hisobiga yozildi.

Ushbu bellashuvdan so‘ng jizzaxliklar 15 ochko jamg‘argan holda 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Buxoro klubi esa 7 ochko bilan 13-o‘rinni egallagan.

Turning so‘nggi uchrashuvida Shota Arveladze boshqaruvidagi Toshkentning “Paxtakor” klubi Mirjalol Qosimov murabbiyligi ostidagi Olmaliqning OKMK jamoasini sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvda “sherlar”dan Igor Sergeyev (5), Dragan Cheran (17), Marko Simich (32) hamda Marat Bikmayev (76) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, OKMK safidagi yagona gol Zafar Polvonov (49) tomonidan kiritildi.

Shu tariqa peshqadam “Paxtakor” ochkolari sonini 26 taga yetkazib oldi. OKMK esa 7 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Superliga

10-tur bahslari

26-may, yakshanba

Gol: 0:1 — 20 Abduholiqov

Gollar: 1:0 — 26 Norxonov, 2:0 — 63 Norxonov

Gollar: 1:0 — 5 Sergeyev, 2:0 — 17 Cheran, 3:0 — 32 Simich, 3:1 — 49 Polvonov, 4:1 — 76 Bikmayev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-05-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют