» » Chustdagi artezian quduq suvining bir litri 1000 somdan pullanmoqda

Chustdagi artezian quduq suvining bir litri 1000 somdan pullanmoqda


Chust tumani Qodirobod hududida chiqqan shifobaxsh suv haqidagi ovoza bolalayapti. Undan naf korishni istaganlar juda kop. Yol yoqasidagi uddaburonlar esa har litrini ming somdan pullashmoqda, deb yozadi Xalq sozi Online.

Fermer Abdusattor Yoldoshev oz kuzatishlaridan kelib chiqib, 350 metr chuqurlikdan nasos orqali tortib olinayotgan bu suvdan bir qator tanish-bilishlari shifo topganini aytsa-da, uni tahlil qilgan Namangan viloyat sanitariya-epidemologiya markazi mutaxassislari istemolga yaroqsizligi haqida xulosa bergan.

Shunga qaramay artezian quduq (buloq emas) qa suv olish uchun kelayotgan odamlar oqimi aslo kamaygani yoq. Ular orasida nafaqat Fargona vodiysi, balki, minglab chaqirim yol bosib kelayotgan Qashqadaryo, Xorazm, hatto, Qoraqalpoqliklargacha bor, deyiladi xabarda.

Bir necha yildan buyon teri xastaligidan azob chekayotgan dostimni olib keldim.U quduq yonidagi ariqchaga oyogini soldi. Endi suvdan koproq olib qaytmoqchimiz. Zora, ortogim shundan shifo topsa, deydi Toshkent viloyati Piskent tumanida yashovchi Rahmonjon Almatov.

Umid bilan davo izlab kelgan kishini qaytarib boladimi. Bu yerda mahallaning chapdast yigitlari uzoqdan kelayotganlarga suv gamlab olish uchun maxsus plastik idishlarni yetkazib berishyapti. Albatta, tekinga emas. Nariroqdagi yol boshida esa bir necha yigit katta-katta idishlardagi suvning litrini ming somdan pullayotir. Ana biznes! Biroq, fermer yoki uning yaqinlari yer qaridan tortib olinayotgan suv uchun haq olishni oylashgani yoq. Hozircha savob. Keyinchalik ishlar qonuniy yolga qoyib olinsa bir gap bolar.

Nima bu suvning chindan ham insonlarni davolash xususiyati cheksizmiki, odamlarning ishonchi buncha baland bolmasa? Ayni masalada hamon oz fikrida turgan fermer Toshkentdagi mineralogiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan otkazilgan tahlil natijalarida uning tarkibida shifobaxsh Selen mineral moddasi borligini qayta-qayta takrorlayi. Togri mazkur inson immun tizimini mustahkamlash orqali turli xastaliklarga davo ekanligi haqida malumotlar bor. Biroq, Qodirobod suvi togridan-togri istemolga yaramasa, nima qilish kerak?, deyiladi xabarda.

Sanitar vrachlarning fikricha ushbu suvni qayta ishlab, qattiqligi yumshatilsa, loyqasi tindirilib, mikroblari zararsizlantirilsa gigiyenik holati yaxshilanadi. Shundagina yaroqlilik sertifikati berilishi mumkin. Buning uchun anchagina murakkab texnologik jarayonni amalga oshirish talab etiladi. Eng avvalo, uni bir necha bosqichda filtrlash lozim.

Biz Qodirobodga kelgan kuni Abdusattor aka Yoldoshev suvning bir nechta idishga qadoqlangan namunasini olib yana bir bor chuqur tekshirtirish uchun Toshkentga ketgan ekan. Ukasi Abugaffor Yoldoshev bilan suhbatlashdik. Aytishiga qaraganda, suvni istemol holatiga keltirish uchun talab etiladigan shart-sharoitlarni hozirlashga qaror qilishibdi. Xitoydan hamkor topib, suvni tozalash va qadoqlash texnologiyasi uchun buyurtma berdik. Yaqin vaqt ichida bu yerda qurilish ishlarini ham boshlaymiz, deydi u ishonch bilan.

Tabiiyki, vaqt kopchilik tashvishida yelib-yugurayotgan qishloq tadbirkorining ishlariga oz bahosini beradi. Biroq, bu masalada yetti emas, yetmish marta olchagandan song kesmoq kerak. Chunki,suvning shifobaxshligi shoshilinch xulosa beradigan jihat emas. Qolaversa, ortada inson salomatligi, degan ota muhim vazifa turibdi, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:Sogliqni saqlash vazirligi: Chustdagi artezian quduq suvidan inson salomatligi yolida foydalanishni toxtatish lozim



Manba: Daryo.uz
: admin (27-05-2019, 15:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 20) ( 0) ( 18) ( 2)
:
-
:
20 ... -