» » 2020-yilda O‘zbekistonda g‘ildirak disklari ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushiriladi

2020-yilda O‘zbekistonda g‘ildirak disklari ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushiriladi


2020-yili O‘zbekistonda disk ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushiriladi. Qo‘shma korxonaning nizom jamg‘armasi 3,4 million dollarni tashkil etadi, shundan 1,5 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi kiritilishi belgilangan, bu haqda “O‘zagrotexsanoatxolding” matbuot xizmati ma’lumotiga tayanib Spot xabar qiladi.

“Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi” AJ hamda Xitoyning Shijiazhuang Zhongxing Machinery Manufacture Co Ltd kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Loyiha qishloq xo‘jaligi va yuk tashish transporti uchun disk ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha amalga oshiriladi.

Yangi qo‘shma korxonaning nizom jamg‘armasi 3,4 million dollarni tashkil etadi, shundan 1,5 million dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi kiritilishi belgilangan. Kelishuvga asosan korxonaga 30 dan ortiq yangi zamonaviy asbob-uskunalar olib kelinadi.

Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming dona g‘ildirak disklari ishlab chiqarish tashkil etib, mamlakatning ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondiradi. Yangi tashkil etilayotgan korxonada 100 ga yaqin yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.

Ushbu korxona 2020-yilning birinchi choragi yakunida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Shijiazhuang Zhongxing Machinery Manufacture Co Ltd — Xitoyning yetakchi disk ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lib, 2002-yilda tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют