» » Ozbekiston va Turkmaniston chegarasida Surxonobod temir yol stansiyasi ishga tushirildi

Ozbekiston va Turkmaniston chegarasida Surxonobod temir yol stansiyasi ishga tushirildi


Ozbekiston va Turkmaniston chegarasida Surxonobod temir yol stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Xalq sozi xabar berdi.

Shu paytga qadar Ozbekistonning janubiy qismida qoshni davlat bilan temir yol orqali tashuvlar Boldir stansiyasi orqali amalga oshirilgan bolsa, endi uning qatoriga yangi stansiya ham qoshildi.

Ozbekiston temir yollari AJ, Bojxona qomitasi, DXX Chegara qoshinlari bilan hamkorlikda barpo etilgan stansiyada chegara posti va nazorat-otkazish punktlari joylashgan. Bu yerda chegara, bojxona va boshqa davlat nazorati turlarini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Boshtransloyiha AJ mutaxassislari ishlanmasiga kora bunyod etilgan yangi temir yol nazorat otkazish punktida qurilish-montaj ishlari Termiz maxsus qurilish UK ishchi-xodimlari tomonidan amalga oshirildi.

Stansiya joylashgan qariyb 4 kilometrga yaqin temir yol qismi maxsus panjaralar bilan oralgan. Temiryolchilar, chegara va bojxona xodimlariga ham qulayliklar yaratilgan



Manba: Daryo.uz
: admin (28-05-2019, 09:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -