» » Jizzaxda haydovchilardan noqonuniy pul undirib kelgan shaxslarga jazo tayinlandi

Jizzaxda haydovchilardan noqonuniy pul undirib kelgan shaxslarga jazo tayinlandi


Jizzaxda bozor kochasidan otgan avtotransport egalaridan ozboshimchalik bilan pul talab qilgan zoravonlarga sud hukmi oqildi. Bu haqda Daryoga Jinoyat ishlari boyicha Jizzax shahar sudi xabar berdi.

Malum bolishicha, Jizzax shahrida yashovchi aka-uka Ch.Davidov va E.Davidovlar (ismi-sharifi ozgartirilgan) Jizzax shahar, Kok bozor yonida joylashgan E.Bekmurodov kochasida yolni tamirlaganligini vaj qilib, shu yoldan otgan mashinalardan noqonuniy ravishda pul olib kelgan.

Ya.Qochqorov ozining Damas mashinasida shu yolgan otayotganida undan ham pul berishini soragan. Ya.Qochqorov pul berishdan bosh torgan va ozaro janjal kelib chiqqan. Ch.Davidovning ukasi E.Davidov bilan Ya.Qochqorovning duch kelgan joyiga urib, tepgan va pichoq tirab, pul bermasa pichoqni qorniga tiqib olishini aytib qorqitgan.

Ya.Qochqorov Ch.Davidovni itarib yuborishi oqibatida Ch.Davidovning qolidagi pichoq Ya.Qochqorovning qollarini tilib ketgan. Ya.Qochqorovning otasi Ya.Qochqorov ularni ajratmoqchi bolgan vaqtida Ch.Davidov qolidagi pichoq bilan Ya.Qochqorovni ong qoli bilak sohasini tilib, tan jarohati yetkazgan.

Voqea joyiga yetib kelgan aholi ularni ajratib, Ya.Qochqorov olgan tan jarohati natijasida voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam avtomashinasida birinchi yordam olish uchun kasalxona yuboriladi.

Jinoyat ishlari boyicha Jizzax shahar sudining hukmi bilan aka-uka Ch.Davidovning va E.Davidovlar Jinoyat kodeksi 277-moddasi 3-qismining g bandida korsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, Ch.Davidovga 3 yil 6 oy, E.Davidovga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ch.Davidovning ozboshimchalik bilan Jizzax shahar E.Bekmurodov kochasiga kirgan avtomashina egalaridan ozboshimchalik bilan pul olganlik holati mamuriy huquqbuzarlik tariqasida korish uchun alohida ajratilib, mamuriy huquqbuzarlikka doir ish qozgatish uchun Jizzax shahar prokuroriga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
: admin (28-05-2019, 10:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
:
-
:
20 ... -