» » Qarshi tumanida 53 yoshli erkak tuman xalq ta’limi bo‘limi hojatxonasida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Sababi hozircha noma’lum

Qarshi tumanida 53 yoshli erkak tuman xalq ta’limi bo‘limi hojatxonasida o‘ziga o‘t qo‘ydi. Sababi hozircha noma’lum


24-may kuni soat chamasi 13:30 lar atrofida Qarshi tuman xalq ta’limi bo‘limi hojatxonasida 53 yoshli fuqaro yonayotgan holda topilgan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qarshi tumani IIBga 24-may kuni soat 13:45 larda tushgan xabarga ko‘ra, Qarshi tumani “Qovchin” MFYda yashagan tadbirkor, 1966-yilda tug‘ilgan Sh.H. o‘zini-o‘zi Qarshi tumani xalq ta’lim bo‘limining hojatxonasiga kirib yoqib yuborgan. Natijada Sh.H. 90–95 foiz kuyib, soat 16:00 larda tuman tibbiyot birlashma shifoxonasida vafot etgan.

— Sud tibbiy ekspertiza eksperti ma’lumotnomasiga ko‘ra, marhum Sh.H. tanasining umumiy yuzasini 1–2 darajali termik 99.1 foiz kuyishdan vafot etganligi ko‘rsatilgan, — deyiladi IIB matbuot xizmati xabarnomasida.

Viloyat prokuraturasi tez orada bu haqda “Daryo”ga ma’lum qilishini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 19) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют