» » Saida Mirziyoyeva: “Axborot xizmatlarining rahbarlari maqomini davlat organi rahbari o‘rinbosariga tenglashtirish taklif etilmoqda”

Saida Mirziyoyeva: “Axborot xizmatlarining rahbarlari maqomini davlat organi rahbari o‘rinbosariga tenglashtirish taklif etilmoqda”


O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva “OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari” respublika konferensiyasida axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish va rivojlantirishga oid yangi huquqiy hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas vazifalarni sanab o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Mavzuga doir:Saida Mirziyoyeva: “O‘zbekistonda yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risidagi konseptual hujjat mavjud emas”

Birinchidan, davlat organlarining axborot siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekistonda yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risida Konsepsiyani qabul qilish zaruriyati tobora oshib bormoqda. Ushbu huquqiy hujjat tegishli vazirlik va idoralarning axborot sohasidagi faoliyatining aniq yo‘nalish, vazifa va vakolatlari hamda majburiyatlarini belgilab beradi.

Ikkinchidan, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqalarini tubdan takomillashtirish hamda axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorini qabul qilish taklifi ilgari surilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu qaror loyihasi ishlab chiqilgan va hozirgi vaqtda keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda ilk bor axborot xizmatlarining asosiy vazifalari, vakolatlari, majburiyatlari, matbuot kotiblarining tashkilotdagi o‘rni va maqomi, moddiy-texnik va moliyaviy ta’minoti, shart-sharoitlari, malaka oshirish imkoniyatlari tubdan yaxshilanib, huquqiy kafolatlanmoqda.

Jumladan, Axborot xizmati rahbarining maqomini oshirish, uni davlat organi rahbarining maslahatchisiga aylantirish, ish haqi, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish masalasi bo‘yicha rahbar o‘rinbosariga tenglashtirish taklif etilmoqda.

Uchinchidan, O‘zbekistonning imiji va nufuzini xalqaro maydonda oshirish bo‘yicha mutlaqo yangi mexanizm yaratish ya’ni respublikamizning chet eldagi elchixonalari va diplomatik vakolatxonalarida mavjud press-attashe lavozimlarini axborot ishi bo‘yicha maslahatchi lavozimiga o‘zgartirish haqida taklif kiritilmoqda.

Loyihada axborot xizmatining vazifalari aniqlashtirilgan. Ya’ni bunda veb-saytni yuritish, ommaviy axborot vositalari uchun tadbirlar tashkil etish kabi umumiy vazifalar qatoriga tashkilotlar imidjini shakllantirish va rivojlantirish, davlat organlari haqida jamoatchilik fikrini o‘rganish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish kiritilmoqda.

Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari va internet tarmog‘ida e’lon qilingan hamda aholining keng muhokamasiga sabab bo‘layotgan chiqishlarga tezkor munosabat bildirish kabi aniq vazifa va yo‘nalishlar qo‘shilmoqda.

To‘rtinchidan, axborot xizmatlari davlat organlari va boshqa tashkilotlarning markaziy apparati Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida kamida to‘rt nafar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning bo‘ysinuvidagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) hokimliklarida kamida ikki nafar xodimdan iborat tarkibda tashkil etilishi belgilab qo‘yilmoqda.

Shuningdek, keyinchalik davlat mukofotlariga tavsiya qilish, boshqa shakldagi taqdirlash va rag‘batlantirish maqsadida axborot xizmatlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va reyting tizimi ham ishlab chiqiladi.

Beshinchidan, O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yangi fakultet hamda matbuot kotibi tayyorlash bo‘yicha magistratura yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Axborot xizmatlari rahbarlari va xodimlari malakasini muntazam oshirib borish, ularga sohaga oid zamonaviy tendensiyalar va bilimlarni yetkazib berish maqsadida Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida har ikki yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o‘quvlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, ushbu ishlarning ijrosi ochiq va adolatli demokratik jamiyatda aholining axborot maydonidagi faolligi va xulqini shakllantirish, siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qiladi.

Saida Mirziyoyeva, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari

Respublika konferensiyasi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning jamoatchilik bilan aloqalarini tubdan takomillashtirish hamda axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr-mulohaza va amaliy takliflar bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют