» » Braziliyaning to‘rtta qamoqxonasida 40 dan ortiq mahbuslar o‘lik holda topildi

Braziliyaning to‘rtta qamoqxonasida 40 dan ortiq mahbuslar o‘lik holda topildi


Braziliyaning Manaus shahri hududida joylashgan to‘rtta qamoqxonada 40 dan ortiq mahbuslar o‘lik holda topildi, deb xabar berdi “TASS”.

Jasadlarning barchasida bo‘g‘ish alomatlari qayd etilgan. Mahbuslarning o‘limi yuzasidan biror bir aniq tafsilotlar keltirilmagan. Braziliya rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda to‘rttala qamoqxonadagi vaziyat nazoratga olingan.

Manausdagi qamoqxonalardan birida 26-may kuni sodir bo‘lgan tartibsizliklar oqibatida 15 nafar mahbus halok bo‘lgan edi. Qamoqxona xodimlari tartibni tiklashga muvaffaq bo‘lgan, turmadan qochish holatlari qayd etilmagan.

Xuddi shu qamoqxonada 2017-yilning yanvarida ham g‘alayon ko‘tarilgan. Oqibatda mahbuslarning 56 nafari halok bo‘lgan, qariyb 130 nafari qochib ketgan. Unda tartibsizliklar 17 soat davom etgan.

Hozirda Braziliya qamoqxonalarida 730 mingdan ortiq mahbuslar jazoni o‘tayotgan bo‘lib, bu ularga ajratilgan joydan 50 foiz ko‘p. Mahbuslarning qoniqarsiz sharoitda saqlanayotgani ko‘pincha tartibsizliklar kelib chiqishiga olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют