» » Rasman: Xavi “As-Sadd” bosh murabbiyi bo‘ldi

Rasman: Xavi “As-Sadd” bosh murabbiyi bo‘ldi


Ispaniya terma jamoasi hamda “Barselona” sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi va “As-Sadd” bosh murabbiyligi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

39 yoshli ispaniyalik so‘nggi bor Osiyo Chempionlar Ligasining guruh bosqichida “Persepolis”ga qarshi maydonga tushdi. Avvalroq Xavi futbolchilik faoliyatini tamomlagandan so‘ng Qatar klubini boshqarishi ma’lum bo‘lgandi.

Ispaniyalik klub bilan 2020-yilga qadar shartnoma imzoladi.

Xavi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyatining asosiy qismini aynan shu klubda o‘tkazdi va jamoa tarkibida 767 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U 2015-yildan buyon Qatarning “As-Sadd” klubida to‘p surib kelayotgandi.

Yarim himoyachi 2000-yildan 2014-yilga qadar Ispaniya terma jamoasi tarkibida umumiy hisobda 133 ta o‘yinda maydonga tushdi va u terma jamoa bilan birgalikda 2010-yilda jahon chempioni, 2008 va 2012-yillarda esa Yevropa chempioniga aylandi.

Xavi “Barselona” safida 8 marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, 3 marotaba mamlakat kubogi va 6 marta Superkubok g‘olibi bo‘ldi. Bundan tashqari u 4 karra Yevropa Chempionlar Ligasi sovrindori hisoblanadi. Shuningdek, 2 marta UEFA Superkubogiga ega chiqdi va klublar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют