» » Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo dueti, avtomobil chiroqlarini kunduzi yoqib yurish bo‘yicha avjiga chiqqan noroziliklar, O‘zbekistonda chiqariladigan Volkswagen mashinalari va kunning boshqa xabarlari

Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo dueti, avtomobil chiroqlarini kunduzi yoqib yurish bo‘yicha avjiga chiqqan noroziliklar, O‘zbekistonda chiqariladigan Volkswagen mashinalari va kunning boshqa xabarlari


28-mayning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Yulduz Usmonova va Shabnami Surayyo birgalikda duet ijro etdi.

“O‘zbek estradasi qirolichasi va primadonnasi, hurmatli @yulduzibragimovnausmonova bilan uzoq kutilgan duet. Bunday ajoyib ijodkor shaxs bilan qo‘shiq kuylash men uchun sharaf”, — deya yozgan Shabnami Surayyo Instagram’da.

***

O‘zbekistonda hukumat qarori bilan kunning yorug‘ vaqtida ham avtomototransport vositalari chiroqlarni yoqib harakatlanishi shart etib belgilangani aholi tomonidan norozilik va bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Ayni mavzu yuzasidan O‘zA muxbirlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jamshid Pirmatov va IIV YHXBB matbuot xizmati rahbari Akmal Yunusov bilan suhbatlashdi.

Adliya vazirligi esa deputatlar tomonidan 2016-yilda hukumat kiritgan, deb tilga olinayotgan qonun loyihasi aslida hukumat tomonidan emas, balki bevosita Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tashabbus sifatida parlamentga kiritilganini aytmoqda.

***

O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston va Germaniya Prezidentlarining muzokaralari yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘ldi.

Axborot almashish va uni himoya qilish, parnik gazlari chiqarilishini kamaytirish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish, Volkswagen kompaniyasi bilan hamkorlikda tijorat avtomobillari ishlab chiqarish to‘g‘risida va boshqa hujjatlar imzolandi.

***

Ruslan Nuriddinov Londondagi Olimpiada o‘yinlarida taqiqlangan modda qabul qilganlikda aybdor deb topildi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasining Lozannadagi laboratoriyasida olib borilgan qayta tekshiruvlar natijasida o‘zbekistonlik atlet testidan taqiqlangan degidroxlormetiltestosteron moddasi topilgan.

***

AQSh HDK uchuvchilari NUJ bilan uchrashuvlar haqida so‘zlab berdi. Noma’lum jismlar samolyotlarning radarlari almashtirilgach ko‘rina boshlangan.

Noma’lum jismlar Virjiniyada joylashgan VFA-11 eskadrilyasi uchuvchilari tomonidan qayd etilgan. Bu 2014—2015-yillarda, ular Fors ko‘rfaziga jo‘nab ketish oldidan o‘quv parvozlarini amalga oshirgan vaqtda yuz bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют