» » Putin, Lukashenko va Jeenbekov Nazarboyev ordeni bilan mukofotlandi

Putin, Lukashenko va Jeenbekov Nazarboyev ordeni bilan mukofotlandi


Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Rossiya, Belarus va Qirg‘iziston prezidentlarini “Qozog‘iston birinchi prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deb xabar qiladi Sputnik.

Qozog‘iston davlat mukofotlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko va Qirg‘iziston yetakchisi Sooronboy Jeenbekovga berildi.

To‘qayev qarori imzolangan kundan boshlab kuchga kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 29-may kuni Nur-Sultonda Yevroosiyo ittifoqini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolanganiga besh yil to‘lishi munosabati bilan yig‘ilish o‘tkaziladi.

Tadbirda Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston prezidenti Sooronboy Jeenbekov, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etadi.

Shuningdek, yig‘ilishda YeOIIda kuzatuvchi davlat sifatida — Moldova prezidenti Igor Dodon, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va MDH ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev faxriy mehmon sifatida qatnashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-05-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют