» » Timati “Rossiya armiyasi” bilan birga harbiy uslubdagi liboslar to‘plamini taqdim etdi

Timati “Rossiya armiyasi” bilan birga harbiy uslubdagi liboslar to‘plamini taqdim etdi


Rossiya mudofaa vazirligining “Rossiya armiyasi” do‘konlar tarmog‘i va repper Timati bilan hamkorlikda harbiy uslubda liboslar to‘plami tayyorlandi, bu haqda Sputnik xabar qiladi.

Mudofaa vazirligi milliy markazida erkak, ayol va bolalar uchun mo‘ljallangan kiyimlar namoyish qilindi.

Erkak va ayollar uchun shimlar, kalta shimlar, futbolkalar, kombinezonlar namoyish qilindi. Barcha to‘plamlar harbiy forma — xaki, qum kamuflyaj va qora ranglarida ishlangan.

Timatining so‘zlariga ko‘ra, barcha liboslar yuqori texnologik, suvga chidamli va juda qimmat materiallardan tayyorlangan.

Taqdimot marosimida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham ishtirok etdi. Timati unga maxsus dizayn asosida tikilgan armiya kurtkasini sovg‘a qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 05:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 45) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют