» » Xitoyda suv yordamida 500 kilometr harakatlanuvchi avtomobil yaratildi

Xitoyda suv yordamida 500 kilometr harakatlanuvchi avtomobil yaratildi


Xitoyning Qingnian Cars kompaniyasi faqatgina suv yordamida 300—500 kilometr masofani bosib o‘tishga qodir transport vositasi prototipini yaratdi, deb xabar beradi Tengrinews.

South China Morning Post gazetasining ma’lum qilishicha, avtomobil Nanyan shahridagi zavodlarning birida yaratilgan. Kompaniya ijrochi direktori Pan Syannyanning ta’kidlashicha, mashina dvigateli alyuminiy kukun va suv qotishmasiga katalizatorning kimyoviy ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan vodorodda ishlaydi.

Mazkur prototip 300—400 litr H2O dan foydalangan holda 500 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Bundan tashqari avtomobil atrof-muhitga hech qanday zararli chiqindilarni tarqatmaydi.

Kompaniya direktori yangi transport vositalarining narxi u qadar qimmat bo‘lmasligini, lekin tijoriy sir sabab aniq qiymatni ma’lum qila olmasligini bildirgan. Muhandislarning qayd etishicha, gap mashina haqida emas, balki ommaviy ishlab chiqarishga tayyor prototip haqida ketmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют