» » Coca-Cola Namangandagi korxona ustidan shikoyat qildi

Coca-Cola Namangandagi korxona ustidan shikoyat qildi


AQShning The Coca-Cola Company kompaniyasi O‘zbekiston hududida Coca-Cola alkogolsiz ichimligi uchun bir qancha tovar belgilarini qonunchilikda belgilangan tartibda ro‘yhatdan o‘tkazgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Kompaniya Namangan viloyatida joylashgan “Norin Bottlers” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Frutto Cola alkogolsiz ichimligining etiketkasidagi ba’zi belgilar Coca-Cola alkogolsiz ichimligining belgilari bilan o‘xshash ekanligini ma’lum qilib, qo‘mitadan ushbu holatni nohalol raqobat holati sifatida ko‘rib chiqishni so‘ragan.

Ishni ko‘rish jarayonida, “Norin Bottlers” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Frutto Cola ichimligi etiketkasidagi ba’zi elementlarning haqiqatan ham Coca-Cola tovar belgisidagi elementlar bilan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash ekanligi aniqlandi.

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasida tovarni raqobatchining tovar belgisiga adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan qonunga xilof ravishda foydalangan holda etiketkalarga, o‘rovlarga joylashtirib sotish ta’qiqlanishi belgilab qo‘yilgan. “Norin Bottlers” MChJga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqish natijasida ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topdi va jamiyatga Coca-Cola tovar belgisidagi elementlar bilan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalanish holatini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Bugungi kunda “Norin Bottlers” MChJ tomonidan monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasi bajarildi, shuningdek, Frutto Cola ichimligi uchun yangi etiketka dizayni ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 26) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют