» » “Real” Azar transferi borasida “Chelsi” bilan kelishuvga erishdi

“Real” Azar transferi borasida “Chelsi” bilan kelishuvga erishdi


“Chelsi” Eden Azarni “Real”ga 115 million funt (taxminan 130 million yevro) evaziga sotishga tayyor.

London klubi uzoq vaqtdan buyon belgiyalik futbolchining narxini 150 million yevroga tushirishni rad etib kelayotgandi. The Sun’ning xabar berishicha, “aristokratlar” o‘yinchini arzonroq narxga qo‘yib yuborishga rozi.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” Azarga 4 yilga mo‘ljallangan shartnoma taklif qildi va u haftasiga 400 ming funt maosh oladi. Futbolchining o‘zi shartnoma 4-iyunga qadar imzolanishini xohlamoqda.

Qayd etish joiz, “Chelsi” voyaga yetmagan futbolchilarni ro‘yxatga olish hamda transfer qoidalarini buzganligi sababli 2020-yilning yanvar oyiga qadar yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Azarning “Chelsi” bilan tuzgan shartnomasi 2020-yilning 30-iyun sanasida tugaydi. Hujumchi londonliklar safida 2012-yildan buyon to‘p surib keladi.

Ma’lumot uchun, belgiyalik tugallangan mavsum “Chelsi” tarkibida 51 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 16 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют