» » La Ligada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi

La Ligada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi aniqlandi


Marca talqiniga ko‘ra, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Ligada mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Argentinalik La Ligada umumiy hisobda 36 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi va 6-marotaba Pichichi sovrinini qo‘lga kiritdi. Ushbu sovrin Ispaniya chempionatida eng yaxshi to‘purarga beriladi.

Hujumchi to‘purarlar bahsida eng yaqin ta’qibchilari Luis Suares hamda Karim Benzemani 15 ta golga ortda qoldirdi. Ularning hisobida 21 tadan gol mavjud.

Bundan tashqari, Messi Yevropaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi va 6-marta “Oltin butsa”ni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq mavsumning eng omadsizlari aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют