» » Frutto Cola ichimligidagi Coca-Cola belgisi elementlarini o‘zgartirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi

Frutto Cola ichimligidagi Coca-Cola belgisi elementlarini o‘zgartirish bo‘yicha ko‘rsatma berildi


Amerikaning The Coca-Cola Company kompaniyasi “Norin bottlers” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Frutto Cola etiketkasidagi ba’zi belgilar Coca-Cola belgilari bilan o‘xshash ekanligini ma’lum qilib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasidan ushbu holatni nohalol raqobat holati sifatida ko‘rib chiqishni so‘ragan, deb yozadi Spot.

Ishni ko‘rish jarayonida, Namangan viloyatida joylashgan “Norin bottlers” MChJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan Frutto Cola ichimligi etiketkasidagi ba’zi elementlarning haqiqatan ham Coca-Cola tovar belgisidagi elementlar bilan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash ekanligi aniqlandi.

“Norin bottlers” MChJga Coca-Cola tovar belgisidagi elementlar bilan adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan belgilardan foydalanish holatini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Bugungi kunda “Norin bottlers” MChJ tomonidan monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasi bajarildi, shuningdek Frutto Cola ichimligi uchun yangi etiketka dizayni ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют