» » Adliya vazirligi deputat Kusherboyevga javoban qonunchilik yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish uchun mutaxassis ajratishga tayyor ekanini ma’lum qildi

Adliya vazirligi deputat Kusherboyevga javoban qonunchilik yuzasidan qo‘shimcha tushuntirish uchun mutaxassis ajratishga tayyor ekanini ma’lum qildi


Adliya vazirligi aholi o‘rtasida qonunchilik jarayoni borasidagi amaliyotni tushuntirish uchun “Munosabat” ko‘rsatuvidagi Qonunchilik palatasi deputatlari fikrlari yuzasidan munosabat bildirdi va noaniqliklarga tushuntirish berdi. So‘ng Oliy Majlis deputati Rasul Kusherboyevning fikrlariga javob berdi.

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev Adliya vazirligining avtomobillarda kunduz kuni chiroqlarni majburiy yoqib yurishga e’tiroz bildirgan deputatlar bo‘yicha munosabatiga 28-may kuni fikr bildirgan edi.

Vazirlik avtomototransport vositalari chiroqlarini yoqib yurishning asosli yoki noto‘g‘ri ekanligini muhokama qilmasligini, bu sohada davlat siyosatini yurituvchi vakolatli organ bu Ichki ishlar vazirligi ekanligi qayta-qayta ta’kidlaganiga qaramasdan, yana shu mavzuga qaytishga harakat qilinayotganini ta’kidlagan.

Vazirlik qonunchilik masalalariga aniqlik kiritish, bu mavzuda muhokama yoki qo‘shimcha tushuntirishlar qilish uchun malakali mutaxassis ajratish mumkinligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют