» » “Chelsi” finalda “Arsenal”ni yirik hisobda mag‘lub etib, Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi (video)

“Chelsi” finalda “Arsenal”ni yirik hisobda mag‘lub etib, Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi (video)


29-may, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasining finalida Mauritsio Sarri qo‘l ostidagi “Chelsi” klubi Unai Emeri boshliq “Arsenal” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida “aristokratlar” hujumchisi Olivye Jiru Emerson uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib Pedro o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi (2:0). Oradan 5 daqiqa o‘tib “to‘pchilar” darvozasi tomon penalti belgilandi va undan Eden Azar unumli foydalanib, hisobni yiriklashtirdi (3:0). “Arsenal” safida Lukas Torreyra o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Aleks Ivobi 69-daqiqada hisobni qisqartirdi (3:1). 72-daqiqada esa Azar dublga erishdi (4:1).

Shu tariqa “Chelsi” Boku mezbonlik qilgan final uchrashuvida “Arsenal”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratib, Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi (4:1).

Qayd etish joiz, “Chelsi” o‘z tarixida 2-marta Yevropa Ligasida g‘olib chiqdi.

Yevropa Ligasi

Final bahsi

29-may, chorshanba

Gollar: 1:0 — 49 Jiru, 2:0 — 60 Pedro, 3:0 — 65, penalti, Azar, 3:1 — 69 Ivobi, 4:1 — 72 Azar

“Chelsi”: Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 76), Jorjinyo, Pedro (Villian, 71), Kante, Azar (Davide Zappakosta, 89), Jiru

“Arsenal”: Chex, Kosyelni, Monreal (Gunduzi, 66), Kolashinats, Papastatopulos, Torreyra (Ivobi, 67), Meytlend-Naylz, Jaka, O‘zil (Uillok, 77), Obameyang, Lyakazett

Ogohlantirishlar: Pedro (56), Kristensen (68)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 01:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 23) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют