» » Jizzaxda bozor ko‘chasidan o‘tgan avtotransport egalaridan o‘zboshimchalik bilan pul talab qilgan zo‘ravon sudlandi

Jizzaxda bozor ko‘chasidan o‘tgan avtotransport egalaridan o‘zboshimchalik bilan pul talab qilgan zo‘ravon sudlandi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudida bezorilik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deb xabar berdi “Daryo” manbasi.

Jizzax shahrida yashovchi aka-uka Ch.Davidov va E.Davidovlar (ismi-sharifi) o‘zgartirilgan, Jizzax shahar, Ulug‘bek mahallasidagi “Ko‘k bozor” hududida joylashgan “E.Bekmurodov” ko‘chasidan o‘tgan avtomashinalardan noqonuniy ravishda pul olib keladi.

“Ko‘k bozor” hududida tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi Ya.Qo‘chqorovni o‘ziga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli avtomashinasida “E.Bekmurodov” ko‘chasidan chiqib ketayotgan vaqtida Ch.Davidov undan avtomashinasi uchun pul berishni so‘raydi, Ya.Qo‘chqorov unga nima sababdan pul berishi kerakligini, pul bermasligini aytganida, o‘zaro janjallashib qolib, Ch.Davidov Ya.Qo‘chqorovni avtomashinadan tushirib, voqea joyiga yetib kelgan Ch.Davidovning ukasi E.Davidov bilan Ya.Qo‘chqorovning duch kelgan joyiga urib, tepib Ch.Davidov qo‘lidagi pichoqni unga tirab, agar pul bermasa pichoqni qorniga tiqib olishni aytib qo‘rqitadi, shunda Ya.Qo‘chqorov Ch.Davidovni itarib yuborishi natijasi Ch.Davidovning qo‘lidagi pichoq Ya.Qo‘chqorovning qo‘llarini tilib ketadi, orada Ya.Qo‘chqorovning otasi Y.Qo‘chqorov ularni ajratmoqchi bo‘lgan vaqtida Ch.Davidov qo‘lidagi pichoq bilan Y.Qo‘chqorovni o‘ng qo‘li bilak sohasini tilib yuboradi, natijada Y.Qo‘chqorovga tan jarohati yetkazadi.

Voqea joyiga yetib kelgan aholi ularni ajratib, Ya.Qo‘chqorov olgan tan jarohati olgani sababli voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam avtomashinasida birinchi yordam olish uchun kasalxona yuboriladi.

Aka-uka Ch.Davidovning va E.Davidovlarning xatti-harakati yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi tomonidan Ch.Davidovning va E.Davidovlarga oid jinoyat ishi qo‘rib chiqildi.

Sudda so‘ralgan sudlanuvchilar, jarbrlanuvi va guvohlarning tushuntirishlari va ishda to‘plangan daliliy ashyolar bilan aka-uka Ch.Davidovning va E.Davidovlar “Ko‘k bozor” yonida joylashgan “E.Bekmurodov” ko‘chasida ko‘chani ta’mirlaganligini vaj qilib, o‘zboshimchalik bilan avtomashina egalaridan pul olib kelganligi, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, bezorilik qilganligi o‘z tasdig‘ini topdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining hukmi bilan aka-uka Ch.Davidovning va E.Davidovlar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 277-moddasi (bezorilik) 3-qismining “g” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, Ch.Davidovga 3 yil 6 oy , E.Davidovga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ch.Davidovning o‘zboshimchalik bilan Jizzax shahar “E.Bekmurodov” ko‘chasiga kirgan avtomashina egalaridan o‘zboshimchalik bilan pul olganlik holati ma’muriy huquqbuzarlik tariqasida ko‘rish uchun alohida ajratilib, ma’muriy huquqbuzarlikka doir ish qo‘zg‘atish uchun Jizzax shahar prokuroriga yuborildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 02:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют