» » Peterburgda o‘zbekistonlik va kavkazlik muhojirlar o‘rtasida sodir bo‘lgan pichoqlashuvdan so‘ng “reyd”lar boshlandi

Peterburgda o‘zbekistonlik va kavkazlik muhojirlar o‘rtasida sodir bo‘lgan pichoqlashuvdan so‘ng “reyd”lar boshlandi


Sankt-Peterburgda muhojirlar istiqomat qiladigan joylarni tekshirish bo‘yicha keng ko‘lamli “reyd”lar o‘tkazilmoqda. Ular o‘tgan hafta shaharning janubi-sharqida joylashgan kafeda mushtlashuv uyushtirgan shaxslarni qidirmoqda, deb xabar beradi “NUZ.uz”.

“Maqsad — aniq jinoyatni sodir etishga aloqador shaxslarni qo‘lga olish”, — deyiladi Peterburg IIBB matbuot xizmatining xabarida.

20-may kechasi Salov ko‘chasida joylashgan kafeda sodir bo‘lgan mojaro oqibatida to‘rt kishiga pichoq orqali jarohat yetkazilgan. Janjalni yuzaga keltirgan bezorilarning shaxsi aniqlangan. Ular qo‘shni mamlakatdan kelgan muhojirlar.

Bu kabi keng ko‘lamli “reyd”larni o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror gumonlanuvchilarining vatandoshlari ularni qo‘lga olishda yordam ko‘rsatmagani sabab qabul qilingan. Operatsiyalar davomida biror-bir gumonlanuvchi qo‘lgani olingani haqida hozircha xabar yo‘q.

“Fontanka” nashrining yozishicha, tekshiruvlar Salov va Sofiyskiy ko‘chalarida joylashgan sabzavotlar bazasi va omborlarida o‘tkazilmoqda. Shuningdek, nashrning qayd etishicha, so‘nggi o‘n yil ichida bu kabi keng ko‘lamli tekshiruvlar o‘tkazilmagan. Tekshiruvlarga “ikki smenada” 150 nafardan politsiyachi jalb etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, pichoqlashuv o‘zbekistonlik va kavkazlik muhojirlar o‘rtasida yuz bergan.

To‘rt kishi jarohat olgan janjal Peterburgning Frunze tumanidagi Salov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchilar Ravon va Chevrolet avtomobillarida voqea joyidan qochib ketgan.

Mojaro oqibatida pichoq orqali jarohat olganlar O‘zbekiston fuqarolari ekanligi aytilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют