» » Jahon banki O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga 73,85 million dollar ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirishga 73,85 million dollar ajratadi


Jahon banki direktorlar kengashi O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni rivojlantirish va ta’limni yaxshilashga qaratilgan loyihani ma’qulladi. Bu haqda bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Bolalarni yoshlikdan rijovlantirishga ko‘maklashish” loyihasining jami qiymati 73,85 million dollarga baholangan bo‘lib, uning 59,5 million dollari Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi kredit hisobidan, shuningdek, Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik hamda Natijalarga asoslangan yondashuvlar uchun global hamkorlik tashkilotlari tomonidan 14,35 million dollar ajratiladi.

“O‘zbekistonda davlat tomonidan qaratilayotgan katta e’tiborga qaramasdan 2017-yili 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 29 foizigina maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnagan. Ushbu ko‘rsatkich boshqa davlatlarga nisbatan juda past hisoblanadi. Shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim sifatini ham yaxshi deb bo‘lmaydi. Xususan, tarbiyachilarning yetishmasligi, ularning aksariyati o‘rta ma’lumorga ega ekanligi kuzatilmoqda”, — deyiladi xabarda.

2024-yilda yakunlanishi kutilayotgan loyiha yuqoridagi ko‘rsatkichni 40 foizga yetkazishni ko‘zda tutadi. Bir milliondan ortiq bola infratuzilmasi yaxshilangan, zamonaviy mebellar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, o‘yinchoq va kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnaydi.

Jahon banki O‘zbekistonda 21 ta loyihani moliyalashtirish uchun jami 3,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratadi, shuningdek, mamlakat hukumati uchun tahliliy va maslahat xizmatlarini taqdim etadi. Mazkur faoliyat makroiqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirishga, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, shahar iqtisodiyoti, suv ta’minoti va sanitariya sohalarini rivojlantirishga yordam beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют