» » Toshkentda qoraqalpogistonlik ayol uch nafar voyaga yetmagan bolasi bilan sarson bolmoqda

Toshkentda qoraqalpogistonlik ayol uch nafar voyaga yetmagan bolasi bilan sarson bolmoqda


OzA Toshkentda yordamga muhtoj bolgan qoraqalpogistonlik ayol haqida Sarsonlik qachongacha? Yoxud voyaga yetmagan uch bolasi bilan Toshkentga sigmayotgan ayolning hasratlari nomli maqolanichop etdi. Quyida maqola toligicha berildi.

Qoraqalpogistonda oqituvchi oilasida dunyoga kelgan ayol Nukus davlat pedagogika institutini tugatib, maktabda ish boshladi. 2006-yilda ozining xohishiga qarshi turmushga chiqdi. Uch yilda tort farzandli boldi: ikki qiz va egizak ogil. Lekin nimagadir qaynonaning qarichiga sigmadi. Qaynona oglidan uzoqlashtirish maqsadida kelinini bolalari bilan hech qanday sharoit yoq zax, tashlandiq bir uyga kochirib yubordi. Kop otmay, zax, sovuq xonadonda kop shamollagan Hasan kasalxonada vafot etdi. Eri bu xabarni eshitsa-da, kasalxonaga kelishni, farzandinining jonsiz tanasini olib ketishni lozim topmadi. Hatto pushtikamaridan bolgan bolasini songgi manzilga kuzatib qoyishga ham ozida kuch topolmadi. Qaynona esa Baribir Husan ham oladi deb hali joni uzilmagan nevarasiga kafanlik kotarib keldi, xolos.

Juftidan ayrilgan Husanning haqiqatan ham ahvoli ogirlashdi. Ota esa hamon beparvo. Onayizor bolasini kotarib, u yoqdan-bu yoqqa chopdi, lekin ahvoli yaxshilanishi qiyin boldi. Nahot, onaizor endi bu bolasini ham tuproqqa topshirsa...

Bir safar Husanim eski kiyim bilan bir qoshnining toyiga borgan ekan. Qaynonam buni korib, hamiyati qozgalganmi, qaynukam bilan uyimizga kelib, rosa janjal kotardi. Meni urib, hatto oyogimni sindirdi. Oshanda ham mayli bu qiyinchiliklar otar, nima bolsa ham oilamni saqlab qolay deb hech qayerga murojaat qilmadim, deydi ayol kozlariga yosh olib.

Shifokorlar Husanni tekshira-tekshira songgi xulosani aytdi: ob-havoni ozgartirishi lozim, aks holda...

Ayol uch bolasi bilan qayerga ham boradi?! Zora, dardni bergan Xudo shifosini ham bersa, degan niyatda ona jigarlari yordami bilan davolashni davom ettirdi. Maktabdan bosh vaqtida dalaga chiqdi, suv kechib sholi ekdi.

2012-yilda ayolning turmush ortogi Rossiyaga ishlagani ketib, u yerda boshqa bir ayol bilan topishdi. Erining rozgorga yordami tegmayotgan bolsa-da, ayol bolalarini otasiz ostirgisi kelmay, tishini-tishiga bosib chidadi, bir kun qaytib kelishini kutdi.

Men hamisha el oldida chiroyli, hech kimdan kam bolmagan oilam bolishini orzu qilardim va shunga intilardim, deydi ayol kozlariga yana yosh olib. Erim butkul bizni unutdi. Kamiga topgan ayoli bilan tushgan bolmagur suratlarini jonatib, bora-bora meni ham kasal qildi. Yuragim tez-tez bezovta qiladigan bolib qoldi, davolanib ham chiqdim. Erimning yaqinlari esa uyimizga kelib yoq narsadan janjal chiqarishni kanda qilmasdi. Bolalarim uchun hammasiga chidashga majbur edim.

Nihoyat, qaynonam bizni sharoiti yoq uydan ham haydadi. Bu orada Husanimning sogligi yanada yomonlashdi. Endi dori-darmon yordam bermay qoydi. Shifokorlar Agar tezda oglingni bu yerdan olib ketmasang, undan ham ayrilishing tayin, dedi uzil-kesil. Tashvishlar bilan bolib, mikroinsultni ham oyoqda otkazib yuborgan ekanman.

Chiqqan qiz chigiriqdan tashqari, deganlaridek uch bolam bilan ota uyimda ham uzoq yasholmasdim. Bu orada ahvolimdan xabar topgan Toshkentdagi qarindoshim poytaxtga kelishimni, ishlasam maktabda ish borligini aytib qoldi.

Farzandim sogligi uchun Toshkentga kelib, Bektemir tumanida uch bolam bilan ijarada yashay boshladim. Ishga kirdim. Xudoga shukr, Husanimning sogligi asta-sekin tiklana boshladi. Bu men uchun eng katta baxt edi. 2016-yilda erim bilan qonuniy ajrashdim. Ularga mol-mulk boyicha ham hech qanday davo qilmadim.

Qiyinchiliklar hali oldinda ekan. Topganim rozgorga zorga yetardi, ijaraga topsam, qornimiz och qolardi. Mahallaga murojaat qilishdan foyda yoq edi. Chunki bu yerda royxatda turmayman. Kamiga uchastkovoy xabar topib qolsa, ijara uyini muhrlab, meni jarimaga tortishi turgan gap edi. Noiloj farzandim sogligi uchun alimentning birini olib, birini olmay, peshonam shor ekan deya kunni kunga ulab yashay boshladim.

2016-yilning may oyida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovga uy-joy masalasida, yani imtiyozli kredit asosida uy sorab xat yolladim. Xatning javobi Toshkent shahar hokimligiga kelgan ekan, ular esa Bektemir tuman hokimiyatiga jonatdi. Maktubda hozir uy-joy ajratishga imkoniyat yoqligi aytilib, rad javobi berilgan edi.

2017-yilning aprelmay oylarida Prezidentning virtual qabulxonasiga murojaat qildim. Xat yana Bektemir tumani hokimiyatiga kelib tushdi va yana avvalgidek javob qaytarildi. Shundan song yozishdan foyda yoqligini bilib, jon-jahdim bilan ishlay boshladim. Lekin endi ozimning sogligim pand bera boshladi.

Farzandlarimga yaxshi talim-tarbiya berib, ona degan buyuk nomga ega bolishga harakat qilib yurgan kunlarimda 1 kiloyu 200 gramm vazn bilan tugilgan Husanim mamlakatimiz miqyosida otkazilgan Ozbek jang sanati musobaqasida uchinchi bor faxrli 1-orinni egalladi. Shu uch nafar qorakozimni Vatanimizga, xalqimizga nafi tegadigan insonlar bolishini butun dunyo onalari kabi orzu qilaman. Buning uchun har qanday qiyinchilikni yengishga tayyorman.

Ammo yurak ogrigim yetmaganidek, ayollarga xos xastalik ham kun sayin bezovta qila boshladi. Shifokorga korinishga esa rozgordan orttirolmayman, bu yoqda ijara puli. Uy egasi: Bir kun kechiktirsang, uch bolang bilan kochaga haydayman! deb har safar dagdaga qilib ketadi. Bazan ogriq kuchayganda ishga ham chiqolmay qolaman. Shu ketishda bir kun farzandlarimni tashlab ketishni oylasam... qorqib ketaman.

Baribir foydasi yoq, murojaat qila-qila charchadim, endi peshonamdan koraman, deydi ayol yana kozlariga yosh olib.

Chiqmagan jondan umid, harakat qilib koraylik, ozingizni oylamasangiz uch bolangizni oylang. Siz oxirgi marta 2017-yilning may oyida murojaat qilgan ekansiz. Hozir vaziyat butkul ozgardi. Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilyapti. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnomaligida kam taminlangan, ijtimoiy yordamga muhtoj odamlar, ayniqsa, ayollarni har tomonlama qollab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning chek-chegarasi yoq, deya Prezidentning 2018-yil 2-fevraldagi Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni hamda unga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi Ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bolgan, kam taminlangan, farzandlarini toliqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi togrisidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi qarorini eslatdim.

Togri, Prezidentimizning ayollarga korsatayotgan yordami cheksiz bolyapti, eshityapman, koryapman, lekin menga kelganda... Aybim, Toshkentda doimiy royxatda bolmaganim. Shu uch bolamni deb Toshkentga kelib qoldim. Agar Husanimning sogligi kotarganida edi...

Siz Ozbekiston fuqarosisiz, Toshkentda royxatingiz yoq degani, bu yerda yashashga, uy-joyga ega bolishga haqqingiz yoq, degani emas. Qolaversa, maktabda ishlar ekansiz. Xalq talimi vazirligi ham Toshkent shahrida doimiy royxatga otish huquqiga ega idoralar royxatiga kiritilgan.

Rostini aytsam, bolmaydigan ish uchun yana idorama-idora yugurib, bekorga yol kiraga pul sarf qilgim ham kelmayapti.

Xullas, ayolni norasida uch bolasi uchun yana qogozbozlik qilishga kondirdim. Shu ishingizni hal qilib beraman deb vada bermayman-u lekin harakat qilaman, dedim men ham bu ish hal bolishiga ishonib-ishonmay.

Birinchi murojaatni bevosita ayollar va bolalar taqdiriga masul bolgan idora xotin-qizlar qomitasiga qiladigan boldik.

Ayol boshidan otkazgan voqealarni yana bir-bir qogozga tushirib, bu masalada qilingan murojaatlar, eridan ajrashgani haqidagi sud qarori, farzandi va ozining sogligi joyida emasligi haqidagi tibbiy malumotnomalardan nusxa olib, Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi raisi Tanzila Norboyeva nomiga xat yozib, shu yilning 28 fevral kuni qomitaning Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bolimiga topshirib keldi.

Oradan on kun otdi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi qonuniga kora, Xotin-qizlar qomitasi bu muddat ichida ayolga javob qaytarishi lozim edi. Lekin javob bolmadi. Oradan 20 kun otdi. Qomita hamon jim. Noiloj bunga ozim aralashdim. Murojaatlar bolimiga qongiroq qilib, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisidagi qonunni eslatdim. Jurnalistligimni aytganimdan song bolim boshligining shaxsiy raqamini berdi. Bolim boshligi (ism-sharifini keltirmadim, gap egasini topadi) esa: Ayolning ism-sharifini ayting, tezda javob qaytaramiz, dedi. Aytgan malumotlarni tezda yetkazdim.

Oradan yana on kun otdi. Murojaatchi ayolga qongiroq qilsam, hamon javob bolmaganini malum qildi.

Qoying, baribir natija chiqmaydi, dedi ayol yiglamoqdan beri bolib.

Ertasi kuni Xotin-qizlar qomitasi Murojaatlar bolimi boshligining qol telefoniga bir necha bor qongiroq qildim, javob bolmadi. Indiniga ham shunday holat boldi. Jahlim chiqib, qomita orinbosarlari qabulxonalariga bir-bir sim qoqdim qani endi goshakni kimdir kotarsa. Noiloj rais Tanzila Norboyevaning qabulxonasiga qongiroq qildim, afsus u yerda ham hech kim goshakni kotarmadi.

Haqiqatan ham endi nima qilishni bilmay ozimning ham boshim qotdi.

Noiloj Murojaatlar bolimi boshligining telegram kanalidagi manziliga quyidagi mazmunda xabar qoldirdim:

Voyaga yetmagan uch bolasi bilan ogir sharoitda yashayotgan ayolning murojaatiga bir oydan beri javob qaytarilmadi. Jurnalist sifatida bu haqida ozingiz bilan ham gaplashgan edim. Demak, bundan korinib turibdiki, mamlakatimizda ayollarni ijtimoiy qollab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga kotarilgan bir sharoitda Qomita barcha ayollarning murojaatiga ham birdek javob qaytarmaydi. Bu matbuotda yozishga arzigulik mavzu.

Oradan hech qancha vaqt otmay bolim boshligidan javob keldi. Menga qongiroq qilay desa raqamimni saqlamaganini aytib, uzrini soradi. Murojaat qilgan ayolning telefon raqamini sorab: Albatta, ayol bilan boglanib, bu masalani ijobiy hal qilishga harakat qilaman degan javobni aytdi. Bundan xursand bolib, ayolning shaxsiy raqamini berdim. Lekin...

Oradan ikki kun otgach ayol bilan boglanib, qomitadan qongiroq bolgan, bolmaganini soradim. Yoq degan javobni berdi. Baribir qongiroq qilmaydi, ularda mening telefon raqamim bor edi, murojaatimda yozib qoldirganman, dedi ayol meni hayron qoldirib. Nahot shuncha gapdan song ham qongiroq qilmasa?!

Oradan yana besh-olti kun otdi. Lekin qomitadan na javob, na qongiroq boldi.

Shundan song ayolga Ozbekiston Milliy axborot agentligi OzAning Murojaatlar bolimiga uchrashishni maslahat berdim. Ayol shu kuni OzAga borib, murojaat qoldirdi.

Oradan bir necha kun otib, OzAdan ayol maktubi keldi. Unda agentlik ayolning murojaatini Xotin-qizlar qomitasi va Xalq talimi vazirligiga yonaltirgani malum qilingan edi.

Xotin-qizlar qomitasi OzAdan kelgan xatni etiborsiz qoldirmadi. Xatni Toshkent shahar xotin-qizlar qomitasiga, ular esa ayol hozir yashayotgan Yashnobod tumani hokimiyatiga jonatibdi.

Murojaatchi ayol mahalla orqali tuman xotin-qizlar qomitasiga chaqirildi.

Ayolning bildirishicha: Bir mutaxassis chiqib: Nega bizga yozmay, tepaga yozasiz, deb jahl qildi va kutib turing, deb ichkariga kirib ketdi. Oradan ancha vaqt otib qaytib chiqdi va qomita boshligining meni qabul qilishga vaqti yoqligini aytib, qolimga javob xatini tutqazdi. Unda bu masala boyicha doimiy royxatdagi manzilim boyicha tuman xotin-qizlar qomitasiga murojaat etishim lozimligi aytilgan edi.

Shu bilan Xotin-qizlar qomitasi ayolning murojaatiga nuqta qoydi va ozini oqladi. Lekin muammo muammoligicha qoldi va yanada xuruj olmoqda.

Menimcha, Xotin-qizlar qomitasi murojaatga bu tarzda nuqta qoymaslik kerak edi. Avvalo Xalq talimi vazirligi bilan maslahatlashib, bu muammo hal bolish-bolmasligidan qati nazar ayolni Toshkent shahriga royxatga qoyish-qoymaslik va uy-joy bilan taminlash masalasi bilan jiddiy shugullanib korishi lozim edi.

Balki Tanzila Norboyevaning bu murojaatdan umuman xabari yoqdir. Xabar topganida bu muammoga yechim topishga harakat qilgan bolardi, degimiz keladi-yu, lekin deyolmaymiz.

Qomita doimiy royxatga qoyish yoki uy-joy masalasida komak berolmagan taqdirda ham ayolga, onaizorga ijtimoiy yordam korsatib, avvalo sogligini jiddiy tekshiruvdan otkazishga yordam korsatib, uyiga kelib aldagani bola yaxshi qabilida bolsa ham bolalari holidan xabar olishi kerak emasmidi. Bunday qol uchidagi etibordan onaning konglini biroz bolsa-da kotarib, tobora sonib borayotgan yashashga, ertangi kunga bolgan umidini uygotsa bolardi-ku!

Prezidentimizning Uyma-uy yurib, odamlarning muammolarini organinglar, fuqarolarning ertangi kunga bolgan ishonchini oshiringlar deya qilayotgan davatlari nahot beetibor qolayotgan bolsa.

Qomitaga murojaatimni topshirish vaqtida bir xorazmlik ayol bilan gaplashib qoldim. Yetti yildan buyon shu masala boyicha murojaat qilayotgan ekan, deydi ayol.

Xotin-qizlar qomtasi Toshkentda royxatdan otmay, uy-joy sorab murojaat qilgan ayollarning son-sanogi yoq. Qaysi birinikini hal qilib beramiz, deya ozini oqlashi mumkin. Ammo hech birinikini hal qilmaslik ham insofdan emas.

Aslida bu haqida matbuotda bong urmoqchi emas edim. Xotin-qizlar qomitasi etiborsizligini korib, bu masalaning ijobiy yechim topishiga endi ozimning ham ishonchim sonib borayotgan bolsa-da, lekin kasalmand ayol va uning uch nafar bolasini aytganingizdek hal bolmas ekan, deya umidsiz qoldirgim kelmadi.

Zora, ushbu chiqishdan keyin tegishli idoralar uygonib, bu masala bilan jiddiy shugullansa. Axir ayolning ham Toshkentda yashashga, yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanishga haqqi bordir.

Agar mutasaddi tashkilotlar ayolning, uning ortidagi voyaga yetmagan uch norasida bolasining taqdiriga befarq bolmasa bu hal qilib bolmaydigan masala emas. Masala hal qilinmagan taqdirda ham ayol baribir Qoraqalpogistonga qaytib ketmaydi. Axir ayol zoti farzandining yashashi, sogligi uchun hatto jonini berishga ham tayyor. Shuni unutmaylik.



Manba: Daryo.uz
: admin (30-05-2019, 12:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
:
-
:
20 ... -