» » Prezidentga andijoncha spektakl qoyilgani rostmi?

Prezidentga andijoncha spektakl qoyilgani rostmi?


28-may kuni Ozodlik radiosida andijonlik 35 yoshli Xurshida Tillayevaning video murojaati elon qilindi. Ikki nafar farzandi bor ayolning takidlashicha, unga 16-may kuni Ozbekiston Prezidenti Andijonga tashrif buyurganida Ozbekiston 24 telekanali muxbiriga xursandligidan yangi uyga kochib otganligini aytish mutasaddilar tomonidan tayinlangan. U esa quvonganidan intervyu bergan va bu efirga uzatilgan. Ammo Prezident viloyatdan poytaxtga qaytishi bilan ayoldan uy olib qoyilgan. Shuningdek, davlat rahbariga uy berilgan deya korsatilgan 6 ayoldan ham uy qaytarib olingani iddao qilingan. Ayolning mazkur murojaati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ortasida keng bahs-munozaralarni yuzaga keltirdi va bu hanuz davom etyapti. Daryo muxbiri ushbu holat yuzasidan jurnalistik surishtiruv otkazish maqsadida Andijon shahridagi Mustaqillik MFYda boldi.

Xurshida Tillayeva bilan suhbatlashib, vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida uning buzilishga tushgan yashash xonadoniga borganimizda uyda 23 yoshli nogiron ukasi yolgiz ekan. Qoshnilari orqali onasi Halima ayaning qol telefoniga aloqaga chiqdik. U qizi va Mustaqillik tikuvchilik majmuasi MChJ rahbari hamrohligida Andijon viloyati hokimining orinbosari, xotin-qizlar qomitasi raisi Manzuraxon Yunusovaning oldiga, shaharning Bogishamol dahasida yangi qurilgan uylar tomon ketayotganini, yarim soatlar ichida ortlariga qaytib, biz bilan bafurja suhbatlashishini aytdi. Vaqtdan samarali foydalanish niyatida Xurshida Tillayevadan tashqari yana 6 nafar ayoldan ham uy qaytarib olingani haqidagi xabarlar qanchalik rostligiga aniqlik kiritishga tushdik. Muqim boshpanasi yoqligidan qiynalib, ijarama-ijara sarsonlikda hayot kechirayotgan osha 6 nafar ayolning 4 nafari bilan muloqotda boldik. Bu ayollar ozlari korib, guvohiga aylangan barcha holatlarni kozda yosh ila ochiq-oydin hikoya qilib berdi.

Mustaqillik tikuvchilik majmuasida ishlovchi 30 yoshli Muyassar Rahimova turmushidan ajragach, uch nafar farzandi bilan ota uyiga qaytib kelgan. 4 oy avval viloyat xotin-qizlar qomitasi raisi unga va uy-joyga muhtoj yana bir necha kishi, jumladan Xurshida Tillayevaga ham Prezident sovgasi sifatida namunali uylardan berilishini malum qilgan. Aprel oyida u yangi uylar oldida Ozbekiston 24 telekanali uchun ham intervyu bergan. Muyassar Rahimovaga Prezident keladigan kuni ozi va bolalari chiroyli kiyinib kelishini tayinlashgan, ammo Prezident ketganidan song ayolga namunali uylardan biri berilmasligini malum qilishgan.

Bundan tort oy avval Manzura Pazliddinovna (viloyat xotin-qizlar qomitasi raisi tahr.) 10 nafar haqiqiy uyga muhtojlarni osha namunali uylarga olib bordi. Ular ichida mendan tashqari Xurshida, Dilfuza Hojimatova, Shohista Bakirova, Zulfiya opa, Xayriniso xola, Kamoliddin akalar ham bor edi. Oshanda Manzura opa Prezidentimiz sovgasi bu sizlarga. Biz faqat buyruqni bajaryapmiz. Uylar sotilmaydi, kongilni toq qilinglar. Barcha qiyinchiliklar hali ortda qolib ketadi. Podshohni nazari tushib, uyli bolyapsizlar, dedi. Biz esa uydan umid qilib, ishchi kiyimlar va postellar ishlab chiqaradigan Mustaqillik tikuvchilik sexida dam olish kunlari ham kop pul topish maqsadida astoydil ishlashda davom etdik. Bu yerga oktabr oyida ishga kirganman. Oshanda ayollar kasalligi boyicha operatsiyani boshdan kechirganimga bir hafta bolgandi. Maoshim ozimni hisobim boyicha ortacha bir million som bolishi kerak edi. Ammo kompyuterga buning yarmi tushardi. Ikki marta bolam kasal bolganda ilojsiz 200 mingdan 400 ming som va bir marta mukofot sifatida 100 ming somni amallab oldim xolos. Qolgan pullarimiz esa uy uchun otardi. Mutassadilar qistovi va xursandligimdan aprel oyida Ozbekiston 24 kanali uchun intervyu ham berganman. Muxbirlar sexda ish qilayotganimni va biz uchun ajratilgan uy oldida mamnuniyat bilan gapirganimni syomka qilishgandi.

Prezident viloyatimizga kelgan kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida osha uylarda yigildik. Manzura opa Ortiqcha gap-soz qilmaysizlar, rahmat, aytinglar xolos. Uylar albatta, beriladi sizlarga, faqat kochayotganlaringizda orni almashishi mumkin. Kayfiyatni buzmanglar, deya qattiq tayinladi. Ozim adras koylak-lozim, farzandlarim ham chiroyli kiyinishi kerakligini aytishdi. Uyda bir som ham mablagim yoqligi bois bir tanishimdan 500 ming som qarz olib, bolalarim bilan kiyinib, yasandik. Osha kuni ozini Prezident qoriqchisi deya tanishtirgan bir aka menga berilgan uyga kirib, Sizlarga bu uylar jihozlari bilan berilishi haqida topshiriq bolgan. Qulluq bolsin!, deb tabrikladi. Men, Xurshidaxon va Shohistaxon uchun yangi uylarning hujjatlari rasmiylashtirilayotganligini Manzura opa Tanzila Norboyevaga aytayotganini eshitgach, konglimiz yanada yorishdi.

Prezidentni kuzatib, uyga qaytishimdan keyin hech qancha vaqt otmay seximizning kadrlar boyicha mutaxassisi Mavluda opa telefon qildi. Muyassar hammaga birma-bir aytib chiqdim. Senlarga uy berilganiga boshida ishongandim men ham. Ammo uy yoq ekan. Sizlar aktrisalik qilibsizlar, dedi. Uning bu gaplaridan shokka tushib qoldim. Osha kundan beri xavotir, tinchim yoq. Umidsizlikda yashash juda qiyin ekan.

Bir yil oldin turmush ortogim bilan ajrashganman. U besh yil burun mening ustimga yana uylanib olgan. Bundan osha vaqtda xabar topsam-da, oilam buzilmasin, ikki ogil va bir qizim yetim bolmasin, erimga insof berar, degan niyatda sabr qilib yashadim. Ammo kop xorlanib, qiyinchilikda kun kechirishga toqatim yetmadi va oilamizga darz ketdi. Qizlik uyimda ikki xonada 15 ga yaqin odam juda qiyin ahvolda yashaymiz. Oz Vatanim, bolalarim oqimishli bolishini istayman. Hayot qiyinchiliklarini yengib, 3 farzandim uchun kurashishdan aslo ortga chekinmayman. Menga osha namunali uylar oldida qurilayotgan kop qavatli uylardan birini beramiz, deyishdi. Ammo konmayapman. Bizni shu paytgacha nega aldab kelishdi? Nima uchun Prezident kelib-ketgach, uyni yana qaytarib olishdi? Eshitishimcha, menga deb berilgan osha yangi uy hozir xususiy bogchaga aylantirilibdi.

Tikuvchilik sexida ishlovchi Shohistaxon Bakirovaning onasi Shirinxon aya Bakirova 20 yildan beri ijara uylarda yashashini aytdi.

Aslida 4 qiz va bir oglim bilan kichkina uyda yashardik. Oglim uylanib, 5 farzandning otasi bolgach, 12 jonga u yer kichkinalik qildi. Farzandlarim baxtini oylab, ilojsiz uyni oglimga tashlab, ijara uylarda yashay boshladik. Yigirma yildan beri shu tarzda kun koramiz. 2016-yili hokimiyatga uy-joy masalasi boyicha murojaat qildim. Ulardan esa rad javobi keldi. Hokimiyatning uy-joy bolimida uyga muhtojlar royxatida turaman haligacha. Ikki nafar qizim turmushidan ajragan. Nevaralarim bilan birga yashaymiz, dedi Shirinxon aya Bakirova.

Shohistaxon Bakirova viloyat xotin-qizlar qomitasi raisi tikuvchilik sexining 8 ishchisini yangi uylarga olib borib, ularga bittadan uy ajratib bergani, u quvonganidan Ozbekiston 24 telekanaliga intervyu ham berganini aytdi. Shohistaxon Bakirovaning sozlariga kora, Prezident uyiga kirgan Dilfuza Hojimatova ismli ayolgagina uy berilgan, qolganlarga esa kop qavatli uylardan kvartira berilishi malum qilingan.

Onamning ahvolini korib turibsiz uka. 2-guruh nogironi, yuragida osimtasi bor, tez-tez kasal boladi. Uysizlikdan sarson yurib zerikdik. Men ham uch, tort marta operatsiya stolida yotganman. Koz nurlarim juda sust. Shu holatimda Muyassarxon va boshqa qoshni ayollar qatori sexda ishlayman. Barchamiz teng va bir xil ish qilganligimiz uchun maoshimizda farq yoq. Uch marta muxtojlikdan hisobchiga yiglab-siqtab jami 300 ming som olganimni yashirmayman.

Otgan yilning oxirida qaysidir vazirlikdan Toxtaboy yoki Xudoybergan ismli (Keyinroq Daryo muxbiri Prezident maslahatchisi Tursinxon Xudoybergenovning suratini tikuvchi ayollarga korsatganda, ular 2018-yil oxirida aynan u kelganini tasdiqladi) odam kelib, bizga bunyod etilayotgan yangi uylardan berilishini hokimlik vakillarining oldida aytgandi. Oradan uch oy otgach, shahar xotin-qizlar qomitasidan Ravshanoy opa kelib, barchamizning sexdagi pullarimiz endilikda kop qavatli uylar uchun otishini takidladi. Bundan hayron bolib, Biz kottej olishimizga ishonib, ishlayotgandik, desak Xohlaganlar ishlasin, dedi. Keyin hech qancha vaqt otmay, Manzura Pazliddinovna 8 nafarimizni yangi uylarga olib borib, bittadan ajratib berdi. Men ham quvonib, Navrozdan song Ozbekiston 24ga intervyu berganman. Ishonmasangiz, kanal arxividan izlasangiz, chiqib qoladi.

Xullas, Prezident namunali uylarga borgan kuni kechga yaqin u yerdan, ertasiga eski ijara uyimizdan haydaldik. Keyin Manzura opa bilan korishdik. Uning yordami orqali shu uyda vaqtinchalik yashayapmiz. Deyarli har kuni ijrochi ayollar kelishib, tezroq chiqib ketishligimizni aytishyapti. 22-may kuni Muyassar ikkimiz yiglab, birovlardan qarz-havola qilib Prezident portalidan yordam sorab, Toshkent sari otlandik. U yerda xodimlarga bor gapni aytdik va tashkilot raisining qabuliga yozib kelindik. Oy oxirida yana boramiz. Nega Prezident uyiga kirgan va suhbatlashgan ayol Dilfuza Hojimatovaga uy berilyapti? U ham boshida biz bilan royxatda edi-ku. Oilamizga bermoqchi bolgan kop qavatli uylar avgustda bitarkan. Balkoni, kanalizatsiyasi yoq binoda keksa onam bilan qanday yashaymiz? Bizni nega aldashdi boshida? Shunga hayronmiz, dedi Shohistaxon Bakirova.

Surishtiruv davomida, shu mahalladagi buzilishga tushgan uylarda ijarada yashayotgan, yuqorida suhbatdoshlarimiz ismlarini zikr etgan Xayriniso aya Ermatova hamda Zulfiya opa Abduvaliyevalar bilan ham qisqa muloqotda boldik. Har ikkisining ham oilasida nogironligi bor odamlar istiqomat qilishiga guvoh boldik. Bu ayollar ham aldanganini tan oldiyu, yuragidagi dardlarini yorishni istamadi.

Tushlikdan keyin Xurshida Tillayevaning xonadoniga qayta kirdik. U esa Ozodlikka nima sabab video murojaat yollashga qaror qildingiz?, degan ilk savolimizgayoq tili bazor aylanib, Men hech narsaga tushunmabman. Bu yerda tushunmovchilik boldi. Televideniyega onamning uyida turib, intervyu berganman. Menga ham namunali uy beriladi, deb oylabman. Aslida esa kop qavatli uy ajratilib, ish haqimdan tolov qilinayotgan ekan, deya javob qaytardi. Aytishlaricha, yana 6 nafar ayol sheriklaringizdan ham uylar olib qoyilibdi. Shu rostmi?, degan savolimizga esa javob berishni istamadi. Qisqasi, Xurshida Tillayeva kun boyi turli OAVlarga intervyu beraverib, charchaganmi, savollarimizga joyali fikrlar ololmadik.

Shundan song, Mustaqillik tikuvchilik majmuasi MChJ kadrlar bolimi boshligi Mavluda Nishonovaga sim qoqdik. U savollarimizni goyoki eshitmaganga olib, Xurshida Tillayevadan tashqari boshqa ayol xodimlarining uy masalasidagi muammosidan xabari yoqligini bildirdi. Viloyat xotin-qizlar qomitasi raisi Manzura Yunusova bilan esa boglanishning sira iloji bolmadi.

Daryo mazkur mavzuni kuzatishda davom etadi...



Manba: Daryo.uz
: admin (30-05-2019, 12:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -