» » Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlari tadbirkor Timur Musinning umumiy ovqatlanish obyektida asossiz tekshirish o‘tkazgani yuzasidan munosabat bildirdi

Davlat soliq qo‘mitasi soliq organlari tadbirkor Timur Musinning umumiy ovqatlanish obyektida asossiz tekshirish o‘tkazgani yuzasidan munosabat bildirdi


Davlat soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati 2019-yil 29-may kuni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan Caravan Group restoranlar tarmog‘i rahbari T.Musin tomonidan soliq organlari Yakkasaroy tumani Abdulla Qahhor ko‘chasi, 22-uyda joylashgan umumiy ovqatlanish obyektiga asossiz ravishda tekshirish o‘tkazishga kelganligi yoritilgan ma’lumotni o‘rganib chiqdi.

Tarkibida Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Taslimov ham jalb etilgan umumiy ovqatlanish obyektiga tashrif buyurgan Ishchi guruhi, hududni yanada obodonlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mavjud muammolarni o‘rganish va takliflar olish bo‘yicha tumandagi barcha mahallalarda ish olib bormoqda va tekshirish o‘tkazish vakolatiga ega emas.

Davlat soliq qo‘mitasi tadbirkorlik subyektlarida noqonuniy tekshirishlar o‘tkazish yoki ularning faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari kuzatilgan bo‘lsa, jiddiy chora ko‘rilishi va har bir tadbirkorning huquqlari himoya qilinishini ma’lum qiladi.

Har qanday noqonuniy tekshirishlar va aralashuvlar bo‘yicha aholidan (71) 244-98-98 yoki 1198 qisqa raqamlari orqali Davlat soliq qo‘mitasining “Ishonch telefoni”ga xabar berish so‘ralgan.

Avvalroq Majburiy ijro byurosi ijtimoiy tarmoqlarda Caravan Group MChJ restoranlari bilan bog‘liq vaziyat borasida tarqalgan ma’lumotga rasmiy munosabat bildirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют