» » O‘zbekistonda joriy yili 10 ta muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda joriy yili 10 ta muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi


O‘zbekistonda joriy yili 10 ta muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yiladi. Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi majlisida bu haqda to‘xtalib o‘tildi.

Unda Transport vazirligining joriy yil birinchi choragida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Ta’kidlanishicha, aholining uzog‘ini yaqin qilish maqsadida joriy yilda 107 ta yangi yo‘lovchi tashish avtomobil yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida respublika bo‘yicha jami 10 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochilgan.

Mamlakatda so‘nggi 20 yil ichida muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishlari mavjud emas edi. 2018-yilga kelib bu boradagi ishlar jadallashtirilib, respublikani Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi davlatlar bilan bog‘lovchi 14 ta yo‘nalish faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilda ularning sonini yana 10 taga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan. 2019-yilning birinchi choragida esa 3 ta yangi muntazam xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilgan. Toshkent–Nur-Sulton (Qozog‘iston), Toshkent–Yettisoy (Qozog‘iston) va Toshkent–Taraz (Kozog‘iston) yo‘nalishlari shular jumlasidan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют