» » Namanganda IT park majmuasi va IT school markazi ochiladi

Namanganda IT park majmuasi va IT school markazi ochiladi


Namangan viloyatining Namangan shahrida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi (442-son, 29.05.2019-y.). Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Telegram’dagi rasmiy “Huquqiy axborot” kanalida xabar beradi.

Qaror bilan Namangan shahar A. Xo‘jayev ko‘chasi, 38-uy manzilida joylashgan bino va inshootlar Namangan viloyati hokimligiga bepul berildi.

Mazkur bino va inshootlar negizida IT park majmuasi tashkil etiladi hamda unda IT school markazi joylashtiriladi.

Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishi axborot texnologiyalari sohasida raqobatdosh mahsulot va xizmatlarni, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga sharoit yaratishdir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют