» » Namanganda sud xodimlari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini yo‘qladi

Namanganda sud xodimlari Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini yo‘qladi


Fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudi tomonidan Namangan shahridagi 26-sonli mehribonlik uyida 1-iyun —Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda viloyat sudi raisi Abdurahmon Safoyev mamlakatda “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani va Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya ratifikatsiya etilgani mazkur yo‘nalish berilayotgan ustuvor e’tibordan dalolat ekanligini ta’kidladi.

Bolalarning qonunga xilof qarorlar, harakatlar ustidan shikoyat qilish huquqi borligi, ularning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jumladan, sud tomonidan ham amalga oshirilishi haqida tushuntirish berildi.

Tadbir davomida Namangan san’at kolleji o‘quvchilari bolalar uchun tayyorlangan musiqali chiqishlarini taqdim etdi. Tarbiyalanuvchilarga 100 ga yaqin turli mavzulardagi kitoblar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-05-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 24) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют