» » O‘zbekistonda paxta ko‘sagini teradigan mashina ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda paxta ko‘sagini teradigan mashina ishlab chiqariladi


Poytaxtdagi Milliy matbuot markazi binosida “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati hamkorligida 2018-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda “O‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda jamiyatning ishtiroki sifatidagi tajribalari, erishilgan natija va belgilangan ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Unda soha xodimlari, mutaxassislar, talaba-yoshlar va jurnalistlar qatnashdi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan mamlakat vakillarining Turkiyaning Konya, Rossiyaning Moskva, Germaniyaning turli shaharlarida bo‘lib o‘tgan va Belarusning Minsk shaharlarlarida bo‘ladigan xalqaro ko‘rgazmalarga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berildi.

2018-yil mobaynida “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan 11 ming 570 dona qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarilib, ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berildi.

“2018-yil Sirdaryo viloyatida paxta terish mashinalarimiz hosilni yig‘ib olgan. Ushbu mashinalarni 2019—2021-yilgi hosil yig‘im-terim ishlarida Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlariga ham jalb qilishni rejalashtirganmiz”, — deydi “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqarma boshlig‘i Hasan Nasibov.

Qayd qilinishicha, shu vaqtga qadar AQSh va O‘zbekistondagina paxta terish mashinalari ishlab chiqarilsa, 2018-yildan faqat O‘zbekistondagina paxta ko‘sagini terish mashinasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 2020-yildan qo‘shni mamlakatlarga, 2021—2023-yillardan uni yanada takomillashtirib Yevropa mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Ushbu mashina bilan qiziquvchilar Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodining ko‘rgazma zaliga borib, uni tomosha qilishi va ishlash funksiyalari bilan tanishishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют