» » Qozog‘istonda prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida o‘tkazilgan teledebatga Sadibek Tugel chopon va qamchida keldi

Qozog‘istonda prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida o‘tkazilgan teledebatga Sadibek Tugel chopon va qamchida keldi


Qozog‘istonda prezidentlikka nomzodlar o‘rtasida teledebatlar o‘tkazildi. Debatlarda ayrim nomzodlarning ishonchli vakillari ishtirok etdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Debatlar uchta raundan iborat bo‘lib, unda nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturini taqdim etishlari, Qozog‘istonning ijtimoiy modernizatsiyasi mavzusi haqida chiqish qilishlari hamda saylovchilarga murojaat yo‘llashlari kerak.

Amangeldi Taspixov ismli nomzod mamlakatdagi oddiy ishchilarning muammolarini bilishini, shu sababli o‘zi boshqarib kelgan jamoaning barchasi o‘ziga ishonishini ma’lum qildi. “Deputatlik muddatim tugagach issiq joyga o‘rnashib olmasdan, tumanimga qaytib ishimni davom ettirdim. Agarda menga ishonch bildirsalaringiz prezidentlik muddatim tugaganidan keyin ham qishlog‘imga qaytib sizlar bilan birga bo‘laman”, — deydi Taspixov.

Yana bir nomzod Daniya Yespayevaning vakili Azat Peruashev ham so‘zga chiqib, amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlari haqida ma’lum qildi: “Hayotimizni yaxshilashni istasak, korrupsiya va adolatsizlikni tomiri bilan sug‘urib tashlashimiz kerak. Yevropadagidek yashash uchun Yevropa iniqlobi, ozodligi va tengligi oid qadriyatlarini qabul qilishimiz kerak”.

Amirjon Kosanov: “Hozirgi prezidentlik kampaniyasida men demokratiya va ozodlik yo‘lida umrini sarflagan do‘stlarimning manfaatlarini himoya qilmoqdaman. Men ularning ushbu prinsiplarini qo‘llab-quvvatlayman. Qozog‘iston — resurslarga boy, biroq xalqi kambag‘al davlat. Hamma narsamiz bor, biroq bizga uchta narsa yetmayapti. Bu — ozodlik, adolat va haqiqat”.

Sadibek Tugel ismli nomzod debatlarga chopon va qamchida keldi. “Bizning asosiy orzumiz — buyuk madaniyatimizni qayta shaklantirish, davlat tili va an’analarizmi rivojlantirish. Men barchani faqatgina davlat tilida so‘zlashishga, o‘z mamlakatiga sadoqatli bo‘lishga chaqirib qolaman”, — deydi Sadibek Tugel.

Debatlarda Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ishtirok etmadi. Uning nomida Maulen Ashimbayev qatnashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют