» » KXDRning yuqori martabali amaldorlari AQSh bilan o‘tkazilgan sammit muvaffaqiyatsiz yakunlangani sabab qatl etildi

KXDRning yuqori martabali amaldorlari AQSh bilan o‘tkazilgan sammit muvaffaqiyatsiz yakunlangani sabab qatl etildi


KXDRning AQSh Davlat kengashi ishlari bo‘yicha maxsus vakili Kim Xek Chxol mart oyida qatl qilingani ma’lum bo‘ldi. U Xanoydagi sammitda ishtirok etgan mamlakatning boshqa yana to‘rt nafar amaldori bilan birga qatl qilingan, deb xabar beradi “MK.ru”.

Bloomberg nashrining ma’lum qilishicha, KXDR rahbari Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan mart oyida o‘tkazilgan sammit muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng, bir nechta yuqori martabali amaldorlarni, jumladan, Kim Xek Chxolni ham qatl etishga qaror qilgan. Kim Chen Inning birinchi o‘rinbosari — Kim Yen Chxol esa qamoqxonadagi og‘ir ishlar bilan shug‘ullanishga jalb etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xanoyda o‘tkazilgan sammitda AQSh va KXDR rahbarlari muzokaralarni vaqtidan oldida yakunlab, biror-bir kelishuvga erisha olmagan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют