» » PSJ, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” Koutinyo uchun kurashadi

PSJ, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” Koutinyo uchun kurashadi


“Barselona” yarim himoyachi Filippe Koutinyoni yozgi transferlar vaqtida sotib yuborishi mumkin. Bu haqda El Mundo Deportivo xabar berdi.

“Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan Yevropa Chempionlar Ligasining 1/4 finalida “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘yinda (3:0) muxlislarning hushtakbozligi 26 yoshli futbolchiga katta ta’sir qilgan.

“Ko‘k-anor ranglilar” rahbariyati Koutinyo uchun tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2023-yilda yakuniga yetadi. Futbolchiga PSJ, “Chelsi” hamda “Manchester Yunayted” klublari da’vogarlik qilmoqda.

Kataloniya klubi Filippeni 100 million yevroga sotishga tayyor.

Agar transfer amalga oshsa, kataloniyaliklar “Liverpul” bilan kelishuviga ko‘ra bonus sifatida ko‘rsatilgan 40 million yevrodan 25 millionini to‘lamaydigan bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, braziliyalik 2018-yilning yanvar oyida “Barselona” safiga “Liverpul”dan kelib qo‘shilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Filippe Koutinyo yakunlangan mavsum La Liga doirasida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют