» » Chilonzorda fuqaroning uyidan qariyb 2600 dollar o‘g‘irlab ketildi. O‘g‘ri fuqaroning rafiqasi bo‘lib chiqdi

Chilonzorda fuqaroning uyidan qariyb 2600 dollar o‘g‘irlab ketildi. O‘g‘ri fuqaroning rafiqasi bo‘lib chiqdi


4-may kuni Chilonzor tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 30 yoshli Bekzod R.dan ariza kelib tushdi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Unga ko‘ra shu kunning o‘zida soat 15:30 dan 17:30 gacha noma’lum shaxs kalit tanlash yo‘li bilan xonadonga kirib, u yerdan 1600 AQSh dollari, 8 000 000 so‘m va qiymati 1 000 000 so‘mga teng bo‘lgan ayollar sirg‘asini o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Olib borilgan tezkor-tergov tadbirlar davomida aniq bo‘lishicha, ushbu jinoyatni jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i 25 yoshli Feruza R. sodir etgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasiga (Ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish uchun asoslar) muvofiq, ish to‘xtatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют