» » Jizzaxda baliq oviga chiqqan shaxslarga hujum uyushtirib, ularning telefonlari va pullarini olib qo‘ygan shaxslar qo‘lga olindi

Jizzaxda baliq oviga chiqqan shaxslarga hujum uyushtirib, ularning telefonlari va pullarini olib qo‘ygan shaxslar qo‘lga olindi


2019-yil 20-may kuni fuqarolar B.I, uning jiyani Sh.Y, R.M. va uning o‘g‘li S.K bilan birgalikda baliq ovlash maqsadida S.K.ga tegishli Neksiya-1 rusumli avtomashinada Mirzacho‘l tumani, Mirzacho‘l SIU hududidan oqib o‘tgan zovurga borishgan. Bu haqda Jizzax viloyat IIB “Daryo”ga xabar berdi.

Fuqarolar Sh.Y va S.K.lar zovurning boshlanish joyiga baliq ovlash uchun tushib qolgan.

Fuqarolar B.I. va R.M.lar ulardan taxminan 2 kilometr masofadagi uzoqlikda zovurning yonida baliq ovlab o‘tirgan vaqtida taxminan soat 21:00 lar atrofida yuziga mato o‘ragan, 6 nafar noma’lum shaxslar kelib, hech bir sababsiz qo‘li va qo‘lida bo‘lgan yog‘och tayoqlar bilan B.I. va R.M.larni urib, tanalarining turli joylariga tan jarohatlari yetkazib, Neksiya-1 rusumli avtomashina salonidan, B.I.ga tegishli bo‘lgan Samsung J-2 rusumli qo‘l telefoni, haydovchilik guvohnomasi, nafaqa guvohnomasi hamda 200 000 so‘m va 3 dona 1 dollarlik pullarini va fuqaro R.M.ga tegishli bo‘lgan MI-6 rusumli qo‘l telefonini va 4 dona qarmoqlarini olib voqea joyidan qochib ketgan.

Sud tibbiyot ekspertizasi tomonidan berilgan birlamchi ma’lumotda fuqaro B.I.ning bosh tepa sohasi to‘qimalari lat yeyishi, yorilgan jarohat, bosh miya yopiq shikastlanishi, tish uzilib tushishi;

fuqaro R.M.ning bosh miya chayqalishi, bosh peshona, ko‘z, qovoq lat yeyishi, peshona qosh oralig‘i sohasi yorilgan jarohat, ko‘krak qafasi o‘ng tomoni lat yeyishi jarohatlari olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan 2019-yil 21-may kuni JKning 164-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni fuqarolar S.O., B.J., D.M., N.X., M.Q., D.M.lar sodir etganligi aniqlanib, ulardan Samsung J-2 va MI-6 rusumli uyali aloqa telefon apparatlari hamda B.I.ga tegishli bo‘lgan haydovchilik guvohnomasi, nafaqa guvohnomasi ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Jizzax viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют