» » IIV YHXBB: Nosoz yollarni tamirlash boyicha berilgan takliflarning yarmi bajarilganida, muammolarning 80 foizi hal bolardi

IIV YHXBB: Nosoz yollarni tamirlash boyicha berilgan takliflarning yarmi bajarilganida, muammolarning 80 foizi hal bolardi


Ichki ishlar vazirligi tomonidan nosoz yollarni tamirlash boyicha tegishli tashkilotlarga kiritilayotgan takliflarning 50 foizi ham bajarilmayapti. Bu haqda jurnalistlar bilan 30-may kuni otkazilgan ochiq muloqotda IIV Yol harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) boshligi orinbosari, polkovnik Erali Bozorov malum qildi, deya xabar bermoqda Daryo muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Muloqot davomida jurnalistlar nosoz yollar tufayli koplab yol-transport hodislari yuz berayotgani va buni bartaraf etish ishlari sust borayotganligini takidladi. Bunga javoban Erali Bozorov IIV YHXBB yol qurilish tashkiloti emasligini eslatib otdi.

Yol qurilishi bilan shugullunuvchi Avtomabil yollari davlat qomitasi va hududlarda davlat hokimiyat organlari bor. Bizning boshqarma quruvchi tashkilot emas, biz faqat yuqori turuvchi mutasaddi tashkilotlarga taklif kirita olamiz, xolos, dedi polkovnik Bozorov.

Uning aytishicha, YHXBB tomonidan nosoz yollarni tamirlash boyicha tegishli idoralarga kiritilayotgan takliflarning yarmi ham qanoatlantirilmagan.

Togri, onqir-chonqir va tamirtalab yollar talaygina. Yolning sozligiga javobgar idoralarga viloyatlardagi yol harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan oyda besh-oltita taqdimnoma kiritiladi.

Bosh boshqarma tomonidan esa Vazirlar Mahkamasiga axborotnoma yuboriladi. Bundan tashqari, kiritilgan barcha taqdimnomalarning nusxalari prokuratura organlariga axborot tariqasida berib boriladi.

Nosoz yollarni tamirlash boyicha berilgan takliflarning yarmi bajarilganda edi, hozirgi muammolarning 80 foizi hal bolardi.

Erali Bozorov,YHXBB boshligi orinbosari

Anjumanda YHXBB vakillari nosoz yollar tufayli roy berayotgan yol-transport hodisalari boyicha aniq statistik malumot taqdim eta olmadi.

Mavzuga doir:Ichki ishlar vaziri orinbosari: Rossiyada yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoqib harakatlanmaganlik uchun jarima miqdori 65 ming som etib belgilangan;Avtomototransport vositalari uchun kunduzi chiroqlarini yoqib harakatlanish majburiyligi qayta korib chiqilmoqda



Manba: Daryo.uz
: admin (31-05-2019, 20:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
:
-
:
20 ... -