» » Sherzod Shermatov Xivada Prezident maktabidagi qurilish ishlari bilan tanishdi

Sherzod Shermatov Xivada Prezident maktabidagi qurilish ishlari bilan tanishdi


Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov 30-may kuni Xorazm viloyatiga keldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Vazir Xiva shahrida barpo etilayotgan Prezident maktabiga bo‘lib, u yerdagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

So‘ngra Xiva shahar xalq ta’limi bo‘limi binosida tashkil etilgan “Prezident maktabi uchun hujjatlarni qabul qilish markazi”da bo‘lib, ishchi guruh a’zolari bilan uchrashdi. Qabul jarayonlarida adolat va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berdi. Hujjat topshirayotgan ota-onalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

So‘ng Ogahiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham bo‘lib, mazkur muassasani tashkil etish bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Shermatov Urganch shahrida hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston — Rossiya qo‘shma komissiyasining birinchi majlisida ishtirok etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют