» » Xames Rodriges A Seriya grandlari nazariga tushdi

Xames Rodriges A Seriya grandlari nazariga tushdi


“Bavariya”da ikki yil ijara asosida to‘p surgan yarim himoyachi Xames Rodriges “Real Madrid”ga qaytadi.

Marca’ning xabar berishicha, Xames faoliyatini A Seriyada davom ettirishni xohlamoqda. Unga “Yuventus” hamda “Napoli” klublari qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga “Real” kolumbiyalik futbolchini Angliyaga sotib yubormoqchi. Chunki angliyaliklar futbolchi uchun Italiya klublariga nisbatan yuqori mablag‘ taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xames Rodriges 2018/19-yilgi mavsum Bundesligada 20 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют