» » Samarqandda turmush o‘rtog‘i tomonidan do‘pposlangan ayolning ishi O‘zbekiston bosh prokurori tomonidan alohida nazoratga olindi

Samarqandda turmush o‘rtog‘i tomonidan do‘pposlangan ayolning ishi O‘zbekiston bosh prokurori tomonidan alohida nazoratga olindi


Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani “Mingtepa” mahallasida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan Z.U. nikohi FHDYo bo‘limi orqali rasmiylashtirilmagan turmush o‘rtog‘i K.G. tomonidan payshanba o‘tar kechasi ayovsiz do‘pposlangani, ayol og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

“Gazeta.uz”ning xabar berishicha, yuz bergan voqeaga qaramay, Z.U. ichki ishlar bo‘limiga ariza bermasligini ma’lum qilgan. Biroq yakunda ariza baribir berilgan. Xabar berishlaricha, hozirda K.G. hibsga olingan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, ko‘pchilik holatlarda maishiy zo‘ravonliklar Jinoyat-protsessual kodeksining 325-moddasi bo‘yicha malakalanadi. Unga ko‘ra, jinoiy harakatlarni jabrlanuvchi tomon arizasi bo‘lgan taqdirdagina boshlash mumkin.

“Bu kabi holatlarda jabrlanuvchilarning qarorlari, afsuski, ularga qonun berayotgan huquqlarga emas, ommaviy muhokamalardan qo‘rqish, maishif himoyalanmaganlik, ruhiy va psixologik ko‘makning yo‘qligiga tayaniladi. Ya’ni, bu yerda jinoiy-huquqiy emas, balki asosan ijtimoiy jihatlar inobatga olinadi. Maishiy zo‘ravonliklardan aziyat chekkan ayollar nafaqat yaqinlari, balki mutaxassislarning ham ruhiy va ijtimoiy ko‘magiga ehtiyoj sezadi”, — dedi u.

Surayyo Rahmonovaning alohida ta’kidlashicha: “Bosh prokuratura maishiy zo‘ravonliklar bilan bog‘liq bu kabi holatlarning har biriga qonun doirasida huquqiy baho berilishi va aybdorlar javobgarlikka tortilishi bo‘yicha qat’iy pozitsiyasini bildiradi”.

Ma’lum qilishlaricha, ushbu ish O‘zbekiston bosh prokurori Otabek Murodov tomonidan alohida nazoratga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-06-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют