» » MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari Toshkentdagi Yunusobod tumanining 7-bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari Toshkentdagi Yunusobod tumanining 7-bo‘limi faoliyati bilan tanishdi


MDH davlatlari Ichki ishlar vazirlari Toshkentdagi Yunusobod tumanining 7-bo‘limi faoliyati bilan tanishdi, bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qiladi.

Mehmonlar interaktiv ko‘rinishda foto va videomateriallar yordamida ushbu bo‘lim ish faoliyati va so‘nggi 2 yil ichida ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlar bilan tanishdi.

O‘zbekiston Prezidenti qaroriga asosan 2018-yil fevralidan boshlab har bir tumanda 7 tadan 9 tagacha hududiy bo‘linmalar tashkil qilingan edi.

Shundan so‘ng IIBning asosiy ish prinsiplari ham belgilab olingan. Yangi qonunda IIB mahalla qo‘mitalari va davlat organlari bilan birgalikda harakat qilishi, qonunbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va jinoyatlarning oldini olish belgilab berilgan. Mehmonlarga, shuningdek bo‘lim faoliyatida yordam berayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda mototexnika namoyish qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют