» » O‘zbekiston bolalar hayoti sifati reytingida 72-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston bolalar hayoti sifati reytingida 72-o‘rinni egalladi


O‘zbekistonda bolalar hayoti sifati 789 balldan 887 ballga ko‘tarilib, 98 pog‘onaga yaxshilandi. “Podrobno.uz”ning xabar berishicha, O‘zbekiston Save The Children xalqaro fondi tomonidan tuzilgan “Bolalik qachon tugaydi — 2019” (End of Childhood Index), reytingida 72-o‘rinni egalladi.

Reytingda dunyo davlatlari 1 dan 1000 ballgacha bo‘lgan shkalada baholanadi. Mualliflar bolalikning erta tugashiga sabab bo‘ladigan omillar, xususan, bolalar o‘limi, voyaga yetmaganlar nikohi, bolalar mehnatidan foydalanish va erta homiladorlik kabilarni hisobga olgan.

MDH davlatlari orasida Qozog‘iston bu reytingda 40-o‘rinni, Ukraina — 42, Tojikiston — 90, Turkmaniston — 87, Qirg‘iziston — 94, Rossiya esa 38-o‘rinni egalladi.

Reyting ma’lumotlariga ko‘ra, bolalar hayoti sifati bo‘yicha umumiy holat 2000-yilga nisbatan reytingdagi 176 davlatdan 173 tasida yaxshilangan.

Reytingning yuqori pog‘onalaridan odatda boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham yetakchilikni egallab kelayotgan mamlakatlar o‘rin oldi. Birinchi o‘rinni Singapur egalladi. Kuchli o‘ntalikka, shuningdek, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Sloveniya, Germaniya, Irlandiya, Italiya, Janubiy Koreya va Belgiya davlatlari kirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют