» » Suvga cho‘mgan Toshkent, afv etilgan mahkumlar, qaynotasini pichoqlab o‘ldirgan mast kelin va kunning boshqa xabarlari

Suvga cho‘mgan Toshkent, afv etilgan mahkumlar, qaynotasini pichoqlab o‘ldirgan mast kelin va kunning boshqa xabarlari


3-iyunning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Bugun, 3-iyun kuni Toshkentda kuchli yomg‘ir kuzatildi. Oqibatda shaharning ko‘plab ko‘chalari suv ostida qoldi. Momaqaldiroq bo‘ldi, yomg‘ir tingach, osmonda kamalak ham ko‘rindi.

***

Shavkat Mirziyoyev Ramazon hayiti arafasida 575 nafar mahkumni afv etdi.

Ularning 361 nafari jazodan to‘liq ozod qilinib, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bag‘riga qaytariladi, shuningdek, 214 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartiriladi. Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

***

Xorazmda kelin o‘zaro janjal oqibatida mast holda qaynotasini pichoqlab o‘ldirdi.

2-iyun kuni Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida yashovchi 27 yoshli Sh.I. mast holda uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashagan qaynotasi 50 yoshli R.L.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.

***

O‘zbekistonlik oshpazlar Grozniyda 20 ming kishilik osh damladi.

O‘zbekistonlik oshpazlar Grozniy shahrida joylashgan “Checheniston yuragi” masjidi oldida o‘tkazilgan iftorlikda 20 ming kishiga mo‘ljallab osh tayyorladi.

***

Turkiyada gilamga o‘ralgan ayol jasadi topildi, u O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkin.

Ayolning shaxsini aniqlab bo‘lmagan. Voqea joyidan ichida 3 nafar O‘zbekiston fuqarolariga tegishli hujjatlar bo‘lgan qora ayollar sumkasi topilgan.

Shuningdek, Istanbulda O‘zbekiston fuqarosi pichoqda yetkazilgan jarohat oqibatida halok bo‘ldi. Marhumning qarindoshiga jasadni O‘zbekistonga yuborish masalasini yechish bo‘yicha konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 50) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют