» » Mubashshir Ahmad: “Muftiyning so‘zi hal qiluvchi. O‘zbekistonda Hayit chorshanba kuni”

Mubashshir Ahmad: “Muftiyning so‘zi hal qiluvchi. O‘zbekistonda Hayit chorshanba kuni”


“Azon.uz” ta’sischisi Mubashshir Ahmad Ramazon oyining tugash sanasi, Hayit bayrami qachon nishonlanishi haqida fikr bildirib o‘tdi.

Har hayit va Ramazon kirishida shu holat takrorlanadi va yurak siqiladi. Kelayotgan yuzlab xatlarga javob qilmayman. Shuning uchun umumiy qilib yozib qo‘yaman.

Oy ko‘rish masalasi ixtilofli masala. Masalan, Qatarning “Al-Jazira” kanalining bu mavzudagi tadqiqotiga ko‘ra, teleskop bilan qaraganda bugun Shavvol hiloli ko‘rinadi. Ammo oddiy ko‘z bilan qaraganda, Ramazonning o‘ttizinchisi bo‘ladi. Bu nuqtai nazardan “Oyga qarab ro‘za tutish va og‘iz ochish” haqidagi hadisni ham ikki xil tushunish mumkin. Demak masala ixtilofli. Bunday hollarda qozining hukmi ixtilofni kesadi. Fiqhda shunday uqtiriladi.

Men hozir Turkiyadaman. Ertaga hayit. Ularda buni falakiy hisobda oldindan ma’lum qilib qo‘yilgan. O‘zbekistonda ertaga Ramazonning oxiri. U ham oldindan ma’lum qilingan. Hilolni ko‘rganlar ham ikkiga ajragan. Teleskop va oddiy ko‘z bilan ko‘radiganlarga. Birida ertaga hayit, boshqasida indinga. Demak, bu o‘rinda yakdil so‘z yo‘q, muftiyning so‘zi hal qiluvchi bo‘ladi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda hayit chorshanba kuni. Qolgan gaplar shov-shuv ko‘tarishni yoki ixtilofni sevish. Harna shu bilan mashhur va diqqat markazida bo‘lish mumkin.

Bular mening shaxsiy mulohazalarim.

Mubashshir Ahmad, “Azon.uz” ta’sischisi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют